"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasi sobiq a’zosi Rio Ferdinand "Chelsi" atrofida yuz berayotgan voqealarga fikr bildirdi.
"Bo‘layotgan voqealar "Chelsi"ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum. Boshqa hech narsa deya olmayman. Bu cheklovlar umuman Roman Abramovichga emas", - dedi Ferdinand.
Avvalroq londonliklarga futbolchilar bilan yangi shartnoma tuzish va yangi transferlar amalga oshirishga taqiq qo‘yilgan edi.