Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Predrag Rogan: «Dinamo»dek jamoaning muxlislari bilan hammasi osonroq kechadi»

Predrag Rogan: «Dinamo»dek jamoaning muxlislari bilan hammasi osonroq kechadi»

Baho:
+ | -

Superliganing dastlabki ikki turida «Dinamo» jamoasi o‘tgan yilgi chempion «Paxtakor» va vise-chempion «So‘g‘diyona»ga qarshi maydonga tushdi. Navbatdagi bahsda esa jamoamiz turnir peshqadami bo‘lib turgan «Qizilqum»ga qarshi maydonga tushadi. O‘tgan ikki bahs va 3-tur o‘yini oldidan «Dinamo» bosh murabbiyi Predrag Rogan klub matbuot xizmati orqali muxlislarga fikrlarini yetkazdi.

«Chempionatning dastlabki ikki turida bizni qanday qiyin o‘yinlar kutib turganini yaxshi bilardik, chunki raqiblar – chempion va vise-chempion edi.

Bu o‘yinlar bizni ko‘proq ruhlantirdi va shuni aytishni istardimki, raqibimiz kim bo‘lishidan qat’i nazar, har bir o‘yinga to‘liq kuch bilan tayyorgarlik ko‘ramiz. Albatta, o‘tgan ikki o‘yinda biz yaxshiroq natijani kutgan edik, ammo vaziyatga real yondashish lozim. O‘yinlarda yaxshi vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Futbolda esa buning uchun raqib seni jazolashi aniq. «Paxtakor» va «So‘g‘diyona»dek tajribali jamoalar esa o‘z vaziyatlaridan foydalanmay qo‘yishmaydi. Biz to‘liq yangi jamoamiz, hali vaqt kerak, sabr bilan ko‘p ishlashimiz lozim. O‘tgan ikki turda kuchli jamoalarga qarshi o‘yinda, istalgan raqib bilan tengma-teng o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Tarkibimizdagi juda ko‘p futbolchilar «Dinamo» libosini kiyishga munosib ekanliklarini ko‘rsatishdi. Ularning aksariyati yosh, hali Superliga o‘yinlarida o‘ynash tajribasi kerak. Muhimi, futbolchilar o‘z ustida ishlab, «Dinamo» uchun bor kuchlarini sarflab, vijdonan ishlashmoqda, tajriba esa o‘yindan-o‘yinga oshaveradi. Aksariyat o‘yinchilarga esa maydonda ko‘proq imkoniyat berib, ular ham jamoani kuchaytirish uchun taklif etilganini isbotlash lozim.

«Dinamo» muxlislariga o‘tgan ikki turdagi qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiraman. Ularning har biri – bir bo‘lagimiz. Chunki «Dinamo»dek jamoaning muxlislari bilan hammasi osonroq kechadi. Qo‘llab-quvvatlash uchun rahmat, balli yigitlar! «Dinamo» uchun birga, olg‘a!», - dedi Predrag Rogan «Dinamo» klubi rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» Superliga 3-turida 17 mart, payshanba kuni Superliga peshqadami bo‘lib turgan «Qizilqum»ga qarshi saf tortadi.

Manba: Динамо матбут хизмати
Kiritildi: 15:02, 14.03.2022.
O'qildi: 1310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.