"Bayer" himoyachisi Jeremi Frimpong jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi, deya xabar beradi Leverkuzen klubi matbuot xizmati.
21 yoshli futbolchining o‘ng oyoq to‘pig‘ida jiddiy jarohat aniqlangan.
2021/22 yilgi mavsumda Frimpong "Bayer" tarkibida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Oldinroq futbolchiga "Bavariya" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.