Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

To‘qsoninchi yillar modasi. Tashqi ko‘rinishi bilan mashhur bo‘lgan yulduzlar

To‘qsoninchi yillar modasi. Tashqi ko‘rinishi bilan mashhur bo‘lgan yulduzlar

Baho:
+ | -

 Futbolchilarni nafaqat maydondagi o‘yinlari, balki janjallar, original soch turmagi, moda liboslari va boshqa ko‘plab narsalar bilan ham muxlislar eslab qolishgan.  Rang-barang liboslar, sochlarni bo‘yash futbolda 21 asrda emas, balki 90 yillarda paydo bo‘lgan. Quyida 20 asrning so‘nggi o‘n yilligidagi tashqi ko‘rinishi eng yorqin futbolchilar ro‘yxati keltirilgan.

Karlos Valderrama

Kolumbiyalik yarim himoyachi faoliyatining asosiy qismini milliy chempionat va MLSda o‘tkazgan. Yevropada Valderrama faqat “Monpelye”da o‘z izini qoldirdi, u bilan Fransiya kubogini qo‘lga kiritdi. Karlos "Valyadolid" bilan muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Kolumbiya terma jamoasi sardori 17 yoshida chiroyli sochlarini o‘stira boshlagan. Endi faqat "Manchester Yunayted"dan Taxit Chong xuddi shunday soch turmagi bilan maqtana oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, Karlos sochlarini bo‘yamagan va umuman olganda u tabiiy sarg‘ish.

Valderramaning o‘zi ham soch turmagidan tashqari maydonni ajoyib ko‘rishi bilan mashhur. 1990 yilda Italiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Karlos Kolumbiya termasi bilan birga 1/8 finalga chiqdi. Italiyadagi jahon chempionati vaqtida ular Karlosning soch turmagidan nusxa ko‘chiradigan pariklarni sota boshladilar. Italiyadagi natija 2014 yilga qadar Kolumbiya terma jamoasi tarixidagi jahon chempionatidagi eng yaxshisi bo‘lib qoldi.

Aleksi Lalas

Amerikalik himoyachi AQSH terma jamoasi safida 100 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan. 22 yoshida Lalas Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin edi, ammo taqdir uni Italiyaning "Padova" klubiga olib keldi va bu futbolchining faoliyatidagi ilk yirik klubiga aylandi.

Futbolchining qizil sochi va soqoli har qanday muxlisning e’tiborini tortgan birinchi narsa. Aslida, Lalas futbolchi bo‘lmasligi mumkin edi: Aleksi bolaligida ham xokkey o‘ynagan va shu qadar istiqbolli o‘yinchi bo‘lganki, u hatto Ontario xokkey ligasiga chaqirilgan.

Lalas ko‘p qirrali odam. Futbol va xokkeydan tashqari, amerikalik o‘zini kino sanoatida sinab ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi va 11 ta teleko‘rsatuvda rol o‘ynadi. Faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, u "San-Xose Erkveyks", "Nyu-York Red Bullz", "Los-Anjeles Gelaksi" kabi klublarda prezident va bosh menejer sifatida ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

Hozir Lalas Amerika televideniyesida sharhlovchi va tahlilchi bo‘lib ishlaydi.

Rene Igita

Rene Igita, akrobat uslubda to‘plarni to‘pig‘i bilan qaytargan darvozabon.

Igita ham darvozabon sifatidagi faoliyatida 40 dan ortiq gol urgan. Umuman olganda, Rene futbol uchun noodatiy iqtidor egasi bo‘lgan. To‘plarni qaytarishning g‘ayrioddiy qobiliyati va super ko‘rsatkichidan tashqari, Igita quyidagilar bilan mashhur.

· 1989 yilgi Libertadores kubogi finalida u penaltilar seriyasida to‘qqizta zarbadan to‘rttasini qaytargan.

· 1990 yilda u Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.

· 1992 yilda u Kolumbiya prezidenti bo‘lishi mumkin edi.

· U yetti oy qamoqda o‘tirdi, shu sababli 1994 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yubordi.

2005 yilda u plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.

Hozirda Igita Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlaydi.

 Edgar Devids

 Devidsning karyerasi ro‘yxatning boshida bo‘lganlarga qaraganda ancha muvaffaqiyatli rivojlandi. U "Ayaks", "Milan", "Yuventus", "Barselona", "Inter", "Tottenxem" kabi klublarda o‘ynagan.

Futbol olami Devidsni maydonga maxsus ko‘zoynakda kirgan futbolchi sifatida eslaydi. Ular ko‘rish buzilishi (glaukoma) tufayli futbolchi uchun zarur edi. Umuman olganda, Devids FIFA tomonidan ko‘zoynak taqishga ruxsat berilgan dunyodagi yagona futbolchi. Ko‘zoynaklar va tashqi ko‘rinish tufayli o‘yinchi ko‘plab taxalluslarni oldi: "Pitbull", "Piranha", "Predator", "Bulldog".

Edgar "Ayaks" va "Yuventus" bilan uch karra chempion bo‘ldi. 1995 yilda ham Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. U 2013 yilda mavsumdagi uchinchi qizil kartochkasini olib, professional faoliyatini yakunladi.

Xorxe Kampos

Kampos Meksikadagi eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilardan biri. Faqatgina terma jamoa tarkibida darvozabon 130 ta o‘yin o‘tkazgan va uchta jahon chempionatida ishtirok etgan. Xorxe o‘z faoliyatining katta qismini o‘zining tug‘ilgan klubi UNAM Pumasda o‘tkazdi va u o‘zining 10 yildan ko‘proq faoliyatini bu klubga bag‘ishladi.

Xorxening o‘zi past bo‘yli (168 sm) va rang-barang darvozabonlar libosi bilan ko‘pchilikning xotirasida qolgan. Kampos shunchalik uzoq faoliyatiga qaramay, terma jamoa bilan hech qachon sovrin yutmagan. Ammo bu darvozabonni besh marta Meksikaning eng yaxshi darvozaboni bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi.

2004 yilda nafaqaga chiqqanidan so‘ng, Kampos Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Meksika terma jamoasida Rikardo Lavolpening yordamchisiga aylandi. Hozir Kampos Meksika televideniyesida sport jurnalisti bo‘lib ishlaydi va o‘z biznesiga ega.

Taribo Uest

Uest o‘z faoliyatini ona yurtida boshlagan, ammo 19 yoshida u Fransiyaga ko‘chib o‘tgan. Birinchi mavsumda Taribo o‘zini ajoyib ko‘rsatdi va 1994 yilda Jahon chempionatida o‘ynadi.

Uest faoliyati davomida futbolchining yoshi noto‘g‘ri ko‘rsatilishi haqida ko‘p gapirilgan. 2013 yil aprel oyida FootballItalyintervyusini e’lon qildi, unda nigeriyalik 2002 yildan 2004 yilgacha bo‘lgan davrni o‘tkazgan "Partizan"ning sobiq rahbari shunday dedi:

"Taribo bizning klubga o‘tganida, u o‘zi aytganidek 28 yoshda emas, balki 40 yoshda edi. Biz bu haqda birozdan keyin bilib oldik, lekin juda xafa bo‘lmadik, chunki Uest klubimizda ajoyib o‘ynadi". (Bizning Anvar G‘ofurov hijolat bo‘lmasa ham bo‘ladi)

Italiyada nigeriyalikning yoshi uzoq vaqt davomida muhokama qilindi, ammo ko‘pchilik bu ma’lumotga ishonishdan bosh tortdi.

Rud Gullit

Umuman olganda, dredloks qilish modasi 70 yillarda paydo bo‘lgan. Ushbu soch turmagining asoschisi yamaykalik musiqachisi Bob Marli edi.  Gullit futbol bilan bir qatorda musiqa bilan ham shug‘ullangan, shuning uchun u yamaykalik ijrochiga taqlid qilgan.

 Rud futbolchilik faoliyatining katta qismini Gollandiya va Italiyada o‘tkazgan. 1987 yilda Gullit "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan. Hozir Rud o‘z mamlakati terma jamoasida yordamchi murabbiy hisoblanadi.

1998 yilgi jahon chempionatida ruminiyalik futbolchilar

1994 yilda Ruminiya terma jamoasi AQSHda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida chorak finalgacha yetib bordi. Bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi natijadir.

To‘rt yil o‘tib, Hadji jamoasi g‘alabali seriyasini davom ettirishni chindan ham xohladi, shuning uchun guruh bosqichida Angliya va Kolumbiyani mag‘lub etgandan so‘ng, ruminiyaliklar omad tilab, sochlarini sariq rangga bo‘yashga qaror qilishdi. Bunday ajoyib g‘oyani keyinchalik Rossiyaning bir nechta klublariga ustozlik qilgan Den Petresku taklif qilgan.

Afsuski, Ruminiya terma jamoasi uchun bu omadsiz bo‘lib chiqdi. Ko‘rinishini o‘zgartirgan jamoa Tunis bilan durang o‘ynadi va 1/8 final bosqichida xorvatlarga mag‘lub bo‘ldi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:35, 15.03.2022.
O'qildi: 4224 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.