Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbek boksining yosh yulduzlari va mahoratli taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi

O‘zbek boksining yosh yulduzlari va mahoratli taekvondochilarimiz tantanali kutib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Ma’lum qilganimizdek, bahor faslining ilk kunlarida o‘z yutuqlari bilan muxlislarimizga quvonch ulashgan boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz, shuningdek, taekvondo bo‘yicha kattalar jamoamiz bugun tong saharda Toshkentga qaytib kelishdi.

Qahramonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi. Tadbirda Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi, O‘zbekiston boks federasiyasi va taekvondo assosiasiyasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xizmatchilari hamda harbiy orkestr, sportchilarimizning yaqinlari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Katta tarkibdagi jamoalarimizning har biri alohida tantana bilan qarshi olindi. Tadbirda mutasaddilar sportchilarimizni qutlashar ekan, ular qayd etgan natija yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirishga, mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sport targ‘ibotining oshishida ulkan hissa qo‘shishini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, yosh bokschilarimiz 1-14 mart kunlari Iordaniyada o‘tgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida munosib ishtirok etishdi. Unda ringga ko‘tarilgan 49 nafar bokschimizning 43 nafari shohsupaga ko‘tarildi. Shubhasiz, bunday natija bilan ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladilar. Qolaversa, taekvondochilarimiz 4-14 mart kunlari Eronda o‘tgan 3 ta xalqaro musobaqada 7 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza, jami 24 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:33, 16.03.2022.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик