Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Messi va Ronaldu Chempionlar ligasida yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu trendga aylandimi?

Messi va Ronaldu Chempionlar ligasida yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu trendga aylandimi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" va "PSJ" Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida musobaqadan chiqib ketdi.

Bir yil oldin bu allaqachon sodir bo‘lgan edi va biz o‘n besh yil ichida birinchi marta Lionel Messi va Krishtianu Ronaldusiz Chempionlar ligasining chorak finalini tomosha qildik. Ikki buyuk futbolchi o‘rtasidagi qarama-qarshilikda butun bir avlod muxlislari yetishib chiqdi, ular birgalikda jahon futbolidagi asosiy klub turnirining butun rekordlar kitobini qayta yozdilar.

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peresdan xafa bo‘lgan portugaliyalik Madridni eng yuqori cho‘qqida tark etdi - Chempionlar ligasidagi qatorasiga uchinchi g‘alabadan keyin. Ronaldu yangi qiyinchiliklarni qidirib, avvaliga "Yuventus" loyihasiga ishondi va o‘tgan yozda u chiroyli hikoya yozishga qaror qildi va "Old Trafford"ga qaytdi. Ammo Turinda ham, Manchesterda ham uning yonida orzular jamoasi yo‘q edi.

Natija achinarli. Ispaniyani tark etganidan keyin to‘rt mavsum davomida Ronaldu chorak finalda bir marta va pley-offning birinchi bosqichida ketma-ket uch marta tutnirdan chiqib ketdi. Endi Krish asosiy yevrokubokda o‘ynagan daqiqalar soni bo‘yicha Iker Kasilyasning rekordini yangilash bilan cheklandi. U bor kuchini "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda xet-trikga sarflab, ko‘pchilikning og‘zini yopib qo‘ygandek tuyuldi. Ammo oradan bir necha kun o‘tdi va biz yana "Manchester Yunayted" kuchli raqib fonida ojiz qolganini ko‘rdik.

90 daqiqada Ronaldu darvozaga bironta ham aniq zarba bermadi. Bunday holat avval ham bo‘lgan. 2003 yil noyabr va 2011 yil may oylariga to‘g‘ri keladi. Birinchi holatda u "Panatinaikos"ga qarshi guruh bosqichidagi o‘yinda qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchisi "Barselona"ga qarshi yarim final bahsida sodir bo‘lgan.

Garchi u Chempionlar ligasining joriy mavsum guruh bosqichida oltita gol urdi. "Atalanta" va "Vilyarreal"ga qarshi so‘nggi daqiqalarda ikkita g‘alaba goli. Darhaqiqat, Krishtianu "qizil iblislar"ni pley-offga olib chiqdi, ammo haqiqiy mardonavorlik vaqti kelganida, u boshidan baland sakray olmadi.

Bu paradoks, lekin sodir bo‘lgan voqeani ham kutilmagan deb atay olmaysiz. Bundan tashqari, yulduzni yoshligidagi jamoasiga qaytarishga qaror qilib, "Manchester Yunayted" rahbarlari keyinchalik ishdan bo‘shatilgan Ole-Gunnar Sulsher bir necha yil davomida qurgan tizimni yo‘q qilishdi. "PSJ"da ham xuddi shunday holat yuz berdi, u yerda Messining qo‘lga kiritilishi o‘yin muvozanatiga zarba bo‘ldi va Maurisio Pochettinoni taktik jihatdan boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi.

To‘g‘ri, yil boshidan top-5 chempionatlarda eng yaxshi assistentga aylangan Leo misolida tasodifiy holatlar bor. Argentinalik va uning oilasi o‘z xohishlariga qarshi yangi va g‘ayrioddiy muhitga tushib qolishdi va ularning rejalari "Barselona"dagi odatiy hayot tarzidan tezda tanaffus qilishni o‘z ichiga olmagan edi. Qolaversa, "ko‘k-anorranglilar" bilan xayrlashish Messi uchun haqiqiy zarba bo‘ldi.

Biroq, sport shafqatsiz va bularning barchasi muxlislarni unchalik qiziqtirmaydi. Fransiya chempionatining so‘nggi o‘yinida Messi va Neymar to‘pga har bir teginishda "Park de Prens" tribunalarining bir qismi tomonidan futbolchilat haqorat qilindi.

Bu haqiqatan ham og‘riqli va adolatsiz edi. Faqat sportda kecha kim bo‘lganingning ahamiyati yo‘q. Bu yerda va hozir nimani ko‘rsatayotganingiz muhim. Ayni paytda 34 yoshli Karim Benzema va 33 yoshli Robert Levandovskilar "hokimiyat" tepasida.

Kiritildi: 16:43, 16.03.2022.
O'qildi: 1722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.