Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 1-0 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 0-0 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Samvel Babayan: “Bizga keyingi raqib kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q”

Samvel Babayan: “Bizga keyingi raqib kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q”

Baho:
+ | -

Superliganing 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

- “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinlar nafaqat bugun stadionga tashrif buyurgan muxlislar, balki, bu yilgi jamoaning nimalarga qodirligi  barcha  yurtimiz muxlislarini qiziqtiradi, deb o‘ylayman. Shu kungacha 3 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsak, dadil aytishim mumkinki, o‘z imkoniyatlarimizning 60 foizidan foydalana oldik, xolos. Oldinda bajariladigan ishlar ko‘p. Futbolchilarga rahmat aytaman. Yigitlar bugun muxlislarga quvonch ulashish uchun bor kuch bilan harakat qilishdi. Natijadan mamnunman. Har bir uchrashuvda ilk daqiqalardan so‘nggi soniyalargacha ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bugungi g‘alabani muxlislarga bag‘ishlaymiz, – dedi Samvel Babayan.

- Keyingi turda “Navbahor” “Paxtakor”ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. Darhaqiqat, raqib – jiddiy jamoa. “Navbahor” bo‘lajak  o‘yinda ham g‘alaba qozona oladimi?

- Ayni paytda bizga keyingi raqib kim bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Prinsipimizga ko‘ra, har bir  o‘yin jamoamiz uchun muhim hisoblanadi.

Paxtakor va terma jamoadagi faoliyatingizdan ma’lumki, turli xorijlik murabbiylarning falsafalaridan foydalangansiz. Bir haftadan so‘ng, Namanganga Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi tashrif buyuradi. Katanes bilan fikr almashish imkoniyatidan foydalanishni rejalashtiryapsizmi?

- Menimcha, o‘zimizning murabbiylarni jismoniy va taktik tomondan  rivojlantirishimiz kerak. Chunki murabbiylarimizning salohiyatlari baland. Hozirda yurtimizdagi 40 nafarga yaqin murabbiylarda Pro-lisenziyasi bor. Xorijlik murabbiylar futbolimizga nimadir berishlari kerak. 

Shu o‘rinda, qo‘qonlik futbolchilarni ham maqtash joiz. Garchi jamoa tarkibi  “Qo‘qon-1912” jamoasi har yili o‘zgarib tursada, doimo “chaqilmas yong‘oq” bo‘lib kelgan. Bugun ham mehmonlar maksimal tarzda harakat qilishdi. Stadionga kelgan ishqibozlarning ko‘zida quvonch ko‘rdik. Shuning uchun ham, kerak bo‘lsa, kuniga 24 soat, ertalabdan tonggacha ishlashimiz zarur.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:20, 18.03.2022.
O'qildi: 1479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик