Saudiya Arabistoni jamoalari O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, ayni paytda hujumchi Turkiyadagi faoliyatidan mamnun, ammo moliyaviy tomonlama yaxshiroq taklif bo‘lsa, muzokaralar o‘tkazishga tayyor. Xabarda yozilishicha, o‘zbekistonlik hujumchi yangi klubida yiliga 3 million yevro maosh olishni mo‘ljallayotgan bo‘lsa, “Istanbul Bashakshehir” uning transferidan 8,5 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Yakunlangan mavsumda hujumchi barcha turnirlar doirasida jami 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.













