Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Alvesh: «Ko‘k-anorrangli» libosni kiyganimda, o‘zimni to‘n kiygan superqahramondek his qilaman"

Alvesh: «Ko‘k-anorrangli» libosni kiyganimda, o‘zimni to‘n kiygan superqahramondek his qilaman"

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Dani Alvesh Kataloniya klubiga bo‘lgan muhabbati haqida gapirdi.

“Men bu shaharga, bu klubga – «Barselona»ga qaytish uchun qattiq kurashdim. "Ko‘k-anorrangli" libosni kiyganimda o‘zimni kuchli his qilaman. Men o‘zimni to‘n kiygan super qahramondek his qilyapman.

"Barselona"ni tark etganingizda bu klub siz uchun qanchalik muhimligini tushuna boshlaysiz. Miyamda savollar paydo bo‘ladi: "Qanday qilib men bu yerda emasman? Men bu yerdan qanday qilib ketdim? Nega men buni qildim?

Qanday qilib men klubga qaytdim? Mening Joan Laporta bilan munosabatlarim ajoyib va u klub prezidenti bo‘lganida men unga shunday dedim: “Menimcha, klubga men kerakman. Agar kerak bo‘lsa, men qaytib kelaman" U menga shunday dedi: “Ha, ko‘ramiz, buni murabbiy bilan muhokama qilishim kerak" - dedi.

Avvaliga qaytib kelishni xohlamadim, chunki, hamma meni nafaqaga chiqqan deb o‘ylardi. Men o‘zimni kuchli his qilyapman, maqsadlarim bor. Men o‘zimni kuchli his qila oladigan va oldimga qo‘ygan katta maqsadlarga erisha oladigan jamoada bo‘lishim kerakligini bildim», - dedi Alvesh ESPN Deportes bilan suhbatda.

Kiritildi: 13:43, 18.03.2022.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик