Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jasur Jaloliddinov O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionatlarini taqqosladi

Jasur Jaloliddinov O‘zbekiston va Qozog‘iston chempionatlarini taqqosladi

Baho:
+ | -

«Qayrat» yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Qozog‘iston chempionatining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Taraz»ga qarshi o‘yinda (1:1) debyut qildi. O‘zbekistonlik futbolchi ushbu o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Jasur, «Qayrat» safidagi debyut uchrashuvingiz haqida nima deya olasiz?
— O‘ylashimcha, yomon o‘ynamadim. Ammo eng muhimi — bu natija. Durang bizni qoniqtirmadi. Ishlarimiz yaxshi tomonga yurishi uchun ko‘proq ishlashda davom etamiz.

— Tanaffusdan zaxiraga olindingiz. Buni kutganmidingiz yoki ko‘proq o‘ynashni istaganmidingiz?
— Bu birinchi o‘yin ekanini inobatga olsak, bu normal holat. Moslashuv jarayoni ketmoqda. Hech kim menga yomon o‘ynaganimni aytmadi. O‘ylashimcha, bo‘limni yaxshi o‘tkazdim.

— Qurbon Bekiyevichning aytishicha, bugun siz o‘z imkoniyatlaringizdan 50 foizini ham ko‘rsata olmadingiz. Shu fikrga qo‘shilasizmi?
— Ha. Bundan yaxshiroq o‘ynay olishimga ishonchim komil. Klubga to‘la moslashib olish uchun ikki oy muddat kam. Murabbiyning o‘z talablari bor va mening uning talablariga moslashishim kerak.

— Qozog‘iston chempionati sizda qanday taassurot qoldirmoqda? O‘zbekiston chempionati bilan taqqoslash mumkinmi?
— Bizda ko‘proq texnikaga asoslangan futbol o‘ynaladi, bu yerda esa futbol kuchga asoslangan, kurashlar ko‘p. Shuningdek, Qozog‘istonda yaxshi legionerlar bor. Ayni paytda Qozog‘iston chempionati O‘zbekiston superligasidan kuchliroq. Boz ustiga, bu yerda Qurbon Berdiyev kabi mutaxassislar bor. Afsuski, O‘zbekiston chempionatida bunday murabbiy yo‘q.

— Qozog‘iston matbuotida "Qayrat" Markaziy Osiyodagi barcha "Messi"larni yig‘ib olgani haqida gapirilmoqda. Gap Siz, Seydahmat va Aliqulov haqida ketmoqda. Bunday taqqosga munosabatingiz qanday?
— Bu biz uchun muhim emas. Kiyinish xonasida yonma-yon o‘tiramiz. Ushbu mavzuda men, Guljigit, Seydahmet o‘zaro hazillashamiz. Bu jiddiy gap emas.

Manba: vesti.kz
Kiritildi: 15:30, 18.03.2022.
O'qildi: 3153 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик