Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

La Liga: "Barselona" to‘rttadan gol urishda davom etmoqda - bu safar "Real"ning navbati

La Liga: "Barselona" to‘rttadan gol urishda davom etmoqda - bu safar "Real"ning navbati

Baho:
+1 | -

Ispaniya La Ligasining 29-turida navbatdagi "el-klasiko" bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bellashuv so‘nggi 2-3 yildagi "klasiko"larga qaraganda ko‘proq kutilgandi. Sababi, "Real"ning so‘nggi o‘yinlardagi "mag‘lubiyatsiz seriyasi" va "PSJ"ning ajoyib tarzda YECHLdan chiqarib yuborilishi, Obameyang, Traore va Xavining murabbiylik faoliyatidagi birinchi "klasiko"si edi. Qolaversa, "Barselona"ning so‘nggi paytlar "uyg‘ongani" sababli, bu safarga uchrashuv qiziqarli bo‘lib o‘tishi aniq edi.

"Real" uchrashuvga Ferlan Mendi va Karim Benzemasiz tayyorgarlik ko‘rdi. "Barselona"da esa Serjinyo Destni hisobga olmaganda, tarkibda yo‘qotishi yo‘q edi. Qolaversa, ushbu turda "Sevilya"ning "Real Sosyedad" bilan durang o‘ynagani ham "Barselona"ga qo‘shimcha motivasiya berdi.

Uchrashuv "Barselona"ning hujumi bilan boshlandi. Obameyang qulay vaziyatda "Real" darvozasiga zarba yo‘lladi, biroq Kurtua qaytardi, qaytgan to‘pga Dembele zarba yo‘lladi, biroq bu safar ham Tibo jasorat ko‘rsatdi. Yana bir vaziyatda Valverdening ajoyib zarbasini ter Shtegen mahorat ko‘rsatib bartaraf etdi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida hisob ochildi. "Barselona" ochdi. Usmonning o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘pini Obameyang ikki himoyachi orasidan yorib chiqib, boshi bilan "Real" darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 9-daqiqa o‘tgach Dembelening bu safar burchakdan oshirib bergan to‘pini Arauxo boshi bilan Kurtua darvozasiga aniq yo‘lladi - 0:2.

Birinchi bo‘limda "Real" va uning himoyachilari "Barselona" futbolchilarining boshlari oldida hech narsa qila olishmadi va jamoalar tanaffusga yo‘l oldi.

Ikkinchi bo‘lim ham "Barselona" hujumi bilan boshlandi. Ferran Torres Kurtua bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib darvozani ishg‘ol qila olmagandi, oradan 2 daqiqa o‘tgach Torres baribir o‘z so‘zini aytdi. Obameyangning ajoyib tarzda uzatib bergan to‘pini Ferran golga aylantirdi - 0:3.

51-daqiqada esa "reanimasiya"da yotgan "Real"ni Obameyangning goli "koma" holatiga keltirib qo‘ydi: Ferran Torresning oshirib bergan golini Obameyang Kurtuaning ustidan "tashlab" qo‘ydi. Biroq, qanot hakam ofsayd qayd etildi deb bayroqchasini ko‘targandi, ammo VARda o‘tirgan hakamlar "Bernabeu"da ekanliklarini eslatib qo‘yishdi va Emerikning goli inobatga olindi - 0:4.

Shu tariqa, "Barselona"ga qaraganda uch kun ko‘proq dam olgan "Real" o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

"Real" – "Barselona" 0:4

21 mart, 01.00, «Santyago Bernabeu»

Gollar: 0:1 – 29 Obameyang, 0:2 – 38 Arauxo, 0:3 – 47 Ferran Torres, 0:4 – 51 Obameyang.

"Real" – Kurtua, Karvaxal (Mariano Dias, 46), Alaba, Militao, Nacho (Vaskes, 63), Modrich, Kroos (Kamavinga, 46), Kazemiro, Valverde, Rodrigo (Asensio, 63), Vinisius Junior.

"Barselona" – ter Stegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya, Alba (Dani Alves, 86), Buskets, de Yong (Gavi, 71), Pedri (Niko Gonsales, 86), Obameyang (Depay, 71), Dembele (Traore, 80), Ferran Torres.

Ogohlantirishlar: Kroos (22), de Yong (26), Buskets (31), Modrich (63), Alba (74), Kamavinga (82), Vaskes (88), Niko Gonsales (88).

 

Kiritildi: 02:52, 21.03.2022.
O'qildi: 5812 marta.
Fikrlar: 393 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.