Joriy yilning 24 mart kuni soat 11:00 da "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida O‘zbekiston Professional futbol ligasi Oliy rahbar organi — Umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi, deya xabar beradi O‘zPFL matbuot xizmati.
Umumiy yig‘ilish kun tartibidan 3 ta muhim masala o‘rin olgan:
1. O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining yangilangan tarkibini tasdiqlash;
2. O‘zPFL nazorat-taftish komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash;
3. O‘zPFL Ustavining yangi tahrirdagi loyihasini tasdiqlash.
Umumiy yig‘ilishda Superliga, Pro liga, Birinchi liga va Futzal jamoalari, shuningdek O‘zbekiston futbol assosiasiyasining qonuniy vakolatli vakillari ishtirok etadi.