O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 22 mart kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi. Osiyo kubogining saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz Toshkentda 7 aprelga qadar mashg‘ulot olib boradi.
Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz Qirg‘iziston terma jamoasi bilan 2 marotaba o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahslar 29-30 mart kunlari Toshkentning «Yunusobod» sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Bahodir Ahmedov tomonidan O‘zbekiston futzal terma jamoasining mart oyidagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga jalb etilgan futzalchilarning kengaytirilgan ro‘yxati: