Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Bir oy avval 7-divizionda o‘ynayotgan 18 yoshli Mustafo «Atalanta»ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi (video)

Bir oy avval 7-divizionda o‘ynayotgan 18 yoshli Mustafo «Atalanta»ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi (video)

Baho:
+1 | -

«Atalanta» Italiya chempionatining joriy mavsumida u qadar muvaffaqiyatli ishtirok eta olmayapti. Jamoani jarohatlar qiynab qo‘ydi. Jamoaning asosiy hujumchisi Duvan Sapata 6 fevraldan buyon maydonga tushmayotgan bo‘lsa, ikkinchi hujumchi Luis Muriel 2022 yilda 2ta gol muallifiga aylandi xolos. Uni qandaydir ruhiy muammolar qiynamoqda. Gasperini 20 mart kuni "Bolonya"ga qarshi o‘yinda Miranchuk, Malinovskiy va Jeremi Boganing xizmatlaridan foydalana olmadi.

Shu bois, murabbiy yetakchilarning o‘rnini to‘ldirish maqsadida yosh futbolchilar xizmatidan foydalanishga majbur bo‘ldi. Ular orasida esa 18 yoshli Mustafo Sisse o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Gvineyalik futbolchi bir tur avval bo‘lib o‘tgan "Jenoa"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa, 20 mart kuni A seriyada debyut qildi. U bahsning 65-daqiqasida maydonga tushgan bo‘lsa, oradan 17 daqiqa o‘tib jamoasining g‘alaba to‘piga mualliflik qildi!

Mustafoning so‘nggi oydagi faoliyati ertakka o‘xshaydi. Atigi 1 oy avval qochoqlar tuzilgan jamoa safida o‘ynab yurgandi. Qisqa vaqt ichida A seriyaning yetakchi klubida gol muallifiga aylanmoqda! Sisse 27 fevral "Atalanta"ning yoshlar jamoasida debyut qilgandi. U yoshlar jamoasi safida 3ta o‘yinda 3 gol muallifiga aylandi va asosiy jamoaga o‘tkazildi.

Bungacha u Italiyaning sakkizinchi divizionida ishtirok etayotgan «Rinascita Refugees» havaskor jamoasida o‘ynayotgan edi. Uni "Atalanta" skautlari payqab qolib, klubga taklif qilishdi.

Mustafo 2003 yilda Gvineyaning Kankari shahrida tug‘ilgan. U 16 yoshida otasidan ayrilgach, o‘z baxtini topish uchun Italiyaga yo‘l oldi. Lechche yaqinida Salento shahrida migrantlarga yordam beruvchi «Rete!» dasturi unga qo‘l keldi. Sisse tashkilot homiyligi ostidagi «Rinascita Refugees» klubiga joylashtirildi.

Mustafo o‘z gollari orqali jamoasining 7-divizionga ko‘tarilishiga yordam berdi. Yuqorida aytganimizdek, 18 futbolchi "Atalanta" seleksionerlari e’tiboriga tushgach, 23 fevral kuni «Atalanta» bilan shartnoma imzoladi va oradan 4 kun o‘tib yoshlar jamoasida debyut qildi. Bu bahsda u «Milan» yoshlari darvozasiga 2ta gol urdi. 9 mart esa esa Sisse «Napoli»ga qarshi o‘yinda bitta gol muallifiga aylandi.

Mustafoning iqtidori Bergamo shahri jamoasini o‘ziga shunchalik mahliyo etdiki, uning uchun boshqa legionerni ro‘yxatdan chiqarib, Sisseni registrasiyadan o‘tkazishdi. O‘yin uslubi bo‘yicha Sisse jamoaning asosiy hujumchisi Duvan Sapataga o‘xshab ketadi. Hozircha esa unga yakkakurashlarda muvaffiyatli ishtirok etish uchun mushaklaridagi kuch yetishmayapti. Ammo u joy tanlashni biladi, yaxshi zarbaga ega va texnikasi ham yomon emas.

Bu nomni eslab qolamiz va Mustafoga omad tilaymiz.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 14:50, 22.03.2022.
O'qildi: 2336 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.