«Manchester Yunayted» «Monako» yarim himoyachisi Orelyen Chuameni xizmatiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Xabarda aytilishicha, futbolchi «Real» tomonidan qiziqish bo‘lishiga qaramay, Premyer-liga klubiga o‘tishni o‘ylamoqda.
Bundan tashqari, unga «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Chuameni «Monako» safida Liga 1ning 27 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.