Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Bangladeshda o‘ynayotgan Nodir Mavlonov: «Muhimi – o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapman»

Bangladeshda o‘ynayotgan Nodir Mavlonov: «Muhimi – o‘yin amaliyotiga ega bo‘lyapman»

Baho:
+ | -

Faoliyati davomida «Bunyodkor» va «Andijon» klublarida o‘ynagan yarim himoyachi Nodir Mavlonov yaqinda Bangladesh chempionatining yangi ishtirokchisi - «Svadxinata» bilan shartnoma imzolagandi. Keyinchalik hamyurtimiz jamoasi safida kubok va liga bellashuvlarida to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Xo‘sh, uning xorijdagi faoliyati qay tariqa davom etmoqda? Buni bilish istagida legionerimiz bilan bog‘landik.

- Nodir, Bangladesh chempionatida o‘ynayotganingizga bir necha oy bo‘ldi. Taassurotlar qanday?

- Chempionat o‘yinlari qizg‘in pallaga kirgan, birinchi davra bahslari yakunlanish arafasida. Bangladesh futboliga tez moslashdim, taassurotlarim yomon emas. Yaxshi saviyadagi jamoalar va legionerlar bor. O‘yinlar aynan xorijdan kelgan futbolchilar hisobiga tashkil qilinadi.

- Saviyasini bizning chempionat bilan taqqoslay olasizmi?

- Bizda futbol kuchliroq. Bangladeshda ham yomon emas. Lekin O‘zbekiston ligalariga solishtirib bo‘lmaydi. Yuqorida aytganimdek, asosan xorijlik futbolchilar kuchiga tayaniladi. Aniqrog‘i, chetdan durustroq legioner olib kelsangiz, maydondagi barcha «qora ishlar» uning bo‘yniga tushadi. Mahalliy o‘yinchilar kuchli, deya olmayman. Ortda qolgan vaqt davomida o‘ynab, shuni bildimki, Bangladeshda futbol sekin tarzda o‘smoqda. Mazkur jarayonda xorijlik murabbiy va o‘yinchilarning o‘rni beqiyos.

- «Svadxinata»ga o‘tganingizdan keyin afsuslanish holati bo‘lmadimi?

- Aslo, yo‘q. Bu jamoadan taklif tushgach, chempionatni yaxshilab o‘rgandim. O‘yinlarini internet orqali tomosha qildim. Keyinchalik afsuslanmaslik uchun obdon tekshirib, so‘ngra bir qarorga keldim. Men uchun muhimi o‘yin amaliyoti edi. O‘tgan yili ayrim sabablarga ko‘ra, ancha vaqt futbolsiz qolib ketdim. Aslida mening niyatim arab mamlakatlaridan birida legioner sifatida to‘p surish edi. Lekin bu amalga oshmadi. Keyin Bangladesh variantini qabul qildim. Muntazam ravishda o‘ynab tursam, sport formam joyida bo‘lsa, keyinchalik yanada yaxshiroq chempionatlarga yo‘l olishim mumkin.

- Bangladeshda o‘zbekistonlik futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Chindan ham bu yerda yaxshi maosh to‘lashadimi?

- Albatta. Ayrim jamoalarda shunaqa. Oyiga 30 ming dollar beradigan klublar ham topiladi. O‘rtamiyonalarida esa maosh 4 ming dollarni tashkil etadi. Har kim o‘z byudjetiga qarab futbolchi chaqiradi.

- Maoshlar o‘z vaqtida to‘lanadimi?

- O‘ylashimcha, Bangladesh chempionatining so‘nggi o‘rinlarida yurgan jamoalarda ham moliyaviy tomondan muammo yo‘q. Xususan, bizning jamoada ham maoshlar har oyning 15 sanasiga qadar beriladi, undan oldinroq to‘lashganiga ham guvoh bo‘ldim. Qolganlarda ham holat shunaqa.

- Ayting-chi, klub tomonidan har bir g‘alaba uchun alohida mukofot puli tayinlanganmi?

- Albatta, lekin mukofot pullari miqdori unchalik katta emas. Asosiy e’tibor oylik maoshga qaratiladi.

- O‘zbekistonlik futbolchilar bilan ko‘rishib tursangiz kerak?

- Shunaqa. Barchamiz bitta shaharda istiqomat qilamiz va deyarli har kuni ko‘rishamiz. Bayramlar arafasida to‘planib, bafurja suhbat quramiz.

- O‘tgan yili Bruneyda to‘p surishingiz mumkin edi. Negadir, bu o‘tish amalga oshmadi. O‘shanda nima bo‘lgandi?

- Darhaqiqat, chempionat ishtirokchisi bo‘lgan klub bilan kelishuvga erishgandim. Biroq mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq holat keskin yomonlashgani sababli karantin e’lon qilingan, chempionat o‘yinlari ham bekor qilingandi. Natijada, jamoa bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi.

- Keyingi rejalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Yaxshi o‘ynashda davom etsam, oldimda yangi chorlovlar bo‘ladi. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Hozirda «Svadxinata» murabbiylar shtabi mendan ko‘p narsa kutmoqda, barcha «qora mehnat»ni bajarish mening zimmamda. Balki ikkinchi davrani O‘zbekiston chempionatida o‘tkazarman. Hozircha aniq nimadir deyolmayman.

IZZATBEK suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:16, 23.03.2022.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.