Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

«PSJ»ga qarg‘ish tekkanmi, nima balo?

«PSJ»ga qarg‘ish tekkanmi, nima balo?

Baho:
+ | -

Parijning boy klubi - «PSJ» Yevropa Chempionlar Ligasida yana omadsizlikka uchradi va yana yangi murabbiy qidirish harakatini kuchaytirdi. Oddiy aytganda, argentinalik Maurisio Pochettino ham yaqin orada iste’foga chiqariladi, shekilli. Eh, yulduzli tarkib va behisob mablag‘ga ega Fransiya jamoasi bu ketishda qachon o‘ziga mos murabbiy toparkin....?

«PSJ» oxirgi yillarda qanday murabbiylarni qo‘ldan chiqarganini o‘ylasangiz, qo‘rqib ketasiz. Diqqat qiling, Parij jamoasi rahbariyati tomonidan javob berilgan yoki iste’foga chiqarilgan oxirgi 4 nafar bosh murabbiydan 3 nafari yangi ish joyida muvaffaqiyatga burkandi. Bu orada birgina Loran Blan futbolda yutuq ko‘rmadi, u Parijdan ketgach, hech qayerda ishlagani ham yo‘q. Agar fransiyalik mutaxassis qaysidir jamoa boshqaruvini qo‘lga olganida, ehtimol, u ham Karlo Anchelotti, Unai Emeri va Tomas Tuxel kabi o‘z kolleksiyasiga yevrokubok qo‘shib qo‘yarmidi? Chunonchi, ulardan har biri Parij klubi bilan xayrlashgach, yevroarenada zafar quchdi, boz ustiga, har uch mutaxassisning amaldagi jamoasi hozir CHL chorak finalida. «PSJ»ning sovrinlar vitrinasida esa hamon yevrokubok yo‘q...

«PSJ» bilan qandaydir sovrin yutgan bosh murabbiylar

Jorj Peyrosh (1979—1983) - Fransiya kubogi

Jerar Ulye (1985—1987) - Birinchi divizion oltin medali

Artur Jorje (1991—1994, 1998—1999) - Birinchi divizion oltin medali, Fransiya kubogi

Luis Fernandes (1994—1996, 2000—2003) - Fransiya kubogi, Liga kubogi, Fransiya superkubogi, UYEFA kubogi, Intertoto kubogi

Loran Blan (2013—2016) - Liga 1 oltin medali (3), Fransiya kubogi (2), Liga kubogi (3), Fransiya superkubogi (3)

Unai Emeri (2016—2018) - Liga 1 oltin medali, Fransiya kubogi (2), Liga kubogi (2), Fransiya superkubogi (2)

Tomas Tuxel (2018—2020) - Liga 1 oltin medali (2), Fransiya kubogi, Liga kubogi, Fransiya superkubogi (2)

Maurisio Pochettino (2021—...) - Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:07, 23.03.2022.
O'qildi: 5096 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик