Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Chelsi» - «Real» o‘yiniga chipta sotilishiga ruxsat berildi

«Chelsi» - «Real» o‘yiniga chipta sotilishiga ruxsat berildi

Baho:
+ | -

Britaniya hukumati «Chelsi»ga nisbatan sanksiya qoidalarini yumshatgach, jamoaga uy uchrashuvlari uchun chiptalar sotishga ruxsat berildi. Bu haqda "Associated Press" xabar tarqatdi.

Jumladan, aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionlar ligasi doirasidagi «Chelsi» - «Real» o‘yiniga chiptalar chiqariladi va uning savdosidan tushgan mablag‘ Ukrainadagi xayriya ishlariga yuboriladi.

Ammo «Chelsi» APL doirasidagi uy o‘yinlariga chipta sota olmaydi. Jamoa o‘yinlariga faqat mavsumiy abonementlari mavjud muxlislar kira oladi. «Chelsi» fanatlari mehmondagi o‘yinlarga chipta sotib olib kirishlari mumkin.

Shuningdek, «Chelsi» ishqibozlari «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadigan Angliya liga kubogining yarim finalida o‘rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinga kirishlari mumkin. Hukumatning qarori bilan «Chelsi» ayollar jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarga chipta sotilishiga ham ruxsat berildi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 07:47, 24.03.2022.
O'qildi: 2687 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик