Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Superligada mart oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Superligada mart oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolayotgan mart oyida Superligada 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar:

Slavche Voyneski (“Paxtakor”) – 3 ta o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:1

Samvel Babayan (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 4:1

Nikola Lazarevich (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 5:1

Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:1

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Dragan Cheran (“Paxtakor”) – 3 o‘yin, 2 gol, 1 assist

Milan Mitrovich (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 2 quruq o‘yin, 7 seyv, 1 gol o‘tkazib yuborgan

Sherali Jo‘rayev (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 1 gol, 2 assist, 22 marotaba to‘p harakat joyini to‘g‘ri tanlab, unga egalik qilgan (podbori)

Elguja Grigalashvili (“Navbahor”) – 3 o‘yin, 2 gol

Shahboz Jo‘rabekov (“So‘g‘diyona”) – 3 o‘yin, 1 gol, 37 yakkakurashlarda g‘olib

Erkin Baydullayev (“Qizilqum”) – 3 o‘yin, 1 gol, 20 yakkakurashlarda g‘olib, 17 marotaba to‘pga ega chiqib, raqib hujumini buzgan (perexvati)

Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”) – 3 o‘yin, 1 gol, 96 aniq uzatmalar, 13 yakkakurashlarda g‘olib.

Mart oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

Elguja Grigalashvili (“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)

Temurxo‘ja Abduholiqov (“Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvida kiritgan goli)

Sanjar Qodirqulov (“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvida kiritgan goli)

G‘ulom-Haydar Gulyamov (“Lokomotiv” – AGMK uchrashuvida kiritgan goli)

Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912” – “Olimpik” uchrashuvida kiritgan goli)

Erkin Baydullayev (“Qizilqum” – “Lokomotiv” uchrashuvida kiritgan goli)

Javohir Qaxramonov (“Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” uchrashuvidagi birinchi goli).

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:38, 26.03.2022.
O'qildi: 2139 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик