Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Italiyasiz mundial. Bu qanday bo‘ldi?

Italiyasiz mundial. Bu qanday bo‘ldi?

Baho:
+ | -

Italiya jahon chempionatlariga bormaslikni o‘ziga odat qilib olyapti (2018, 2022). Yozilishicha, "Skuadra Adzurra" so‘nggi bor mundialda o‘ynaganidan keyin 3000 kunga yaqin vaqt o‘tibti. Bu raqam ortib borishi aniq. Endi 2026 yildagi yangi formatda o‘tadigan JCHga chiqishga urinib ko‘radi italiyaliklar. Qiziq, asrimizda sayyora va qit’a chempionatida tengsiz bo‘lgan terma jamoa yana mundialga bormaydi. Agar 2026 yilda jamoa nihoyat yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, maydonda o‘sha 2006 yildagi chempionlikdan so‘ng tug‘ilgan futbolchilar to‘p tepadi ko‘p ehtimol.

Ikki nuqta.

— Mundial doim ayrim katta jamoalarsiz o‘tgan. Bu saralashning o‘ziga xos jihati, balki o‘ziga o‘rgatib ulgurgan intrigali jihati.

Boshqa jihatdan Italiya terma jamoasi doim futbol olamida nostalji manbai bo‘lib kelgan. Katta yoshli muxlislarning Badjo, Maldini yoki Del Pyero kabi futbolchilar borasidagi entikishiga guvoh bo‘lgandirsiz. Italiyasiz mundial aynan mana shu nostaljisiz mundial degani, menimcha. To‘g‘ri, bu hisni Braziliya, Fransiya yoki Germaniya terma jamoalari kompensasiya qilib berishi mumkin. Ammo, Italiya futbolining o‘z o‘rni borligi aniq.

Yana Italiyasiz turnir, masalan menga ayni avloddan Nikola Barella va Federiko Kyezani ko‘rolmasligim bilan ta’sirli.

— Ikkinchi nuqta. Hozir Manchini haqida tanqid yog‘dirishni ayni vaqti. Qarshi gap aytish qiyin. Argumentlar zaif bo‘lib qolgan vaqt. Axir Italiyadek mamlakatni JCHga olib chiqolmadi. Hammasi guruh bosqichidagi o‘yinlar bois yuz berdi. 9-turda Shveysariya bilan durangdan so‘ng jamoa Shimoliy Irlandiyaring yengsa ham ehtimol allaqachon Qatar yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lardi. Biroq, nomida "Shimol" so‘zi ishtirok etgan mamlakatlar Italiyaga pand berishni o‘shandayoq boshlagandi - 0:0. Lekin, shaxsan menga Roberto Manchini tanlagan, shakllantirgan hujumkor uslub juda yoqadi. U iste’foga ketadimi yoki yo‘q, men uchun top darajadagi mutaxassislar qatorida qolaveradi.

Umid qilamanki, bu Qatar mundiali uchun so‘nggi yirik yo‘qotish bo‘ladi. Kuzatamiz!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 11:36, 27.03.2022.
O'qildi: 2111 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик