Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

«Angliyada ishlab chiqarilgan». Mana sadoqat! Harri Keyn o‘z yurtini sevadi

«Angliyada ishlab chiqarilgan». Mana sadoqat! Harri Keyn o‘z yurtini sevadi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sardori hamda «Tottenxem» yulduzi Harri Keyn o‘z vatanini hammadan ham ko‘proq yaxshi ko‘radi. 28 yoshli futbolchi buni har jabhada isbotlab kelmoqda. Uning milliy terma jamoada amalga oshirgan ishlari tahsinga sazovardir. Keyn hatto o‘z mashinalarini sotib olishda ham milliylikka jiddiy e’tibor qaratar ekan. «Shporlar» hujumchisi dunyodagi eng zo‘r mahsulotlarning hammasi Angliyada tayyorlanadi deb hisoblaydi. Shu sababdan ham o‘z avtomobillarini asosan «Range Rovers», «Bentley» hamda «Jaguar» kompaniyalaridan sotib olgan.

Oilaparvar futbolchi o‘ta qulay va sayohatlar uchun moslashtirilgan «Land Rover»ida tabiat qo‘ynida sayr qilishni yaxshi ko‘radi. Uning narxi esa 99 ming funtga teng. Shuningdek, Keynda ushbu brendning «F-PACE» versiyasi ham mavjud. Zamonaviy mashinaning narxi 35 ming funtdan boshlanadi. Ammo hujumchining ko‘ngli qachondir tezlikni tusab qolsa, Keyn o‘zining «Continental GT Supersports» maxsus poygachisini ishga soladi. Ushbu avtoning narxi 212 ming funt atrofida. «Jaguar»ning bu rusumi haqida futbolchining o‘zi shunday degan edi: «Men Britaniyaning istalgan brendi bilan hamkorlik qilishni o‘zimga g‘urur deb bilaman. Mashg‘ulotlar yoki katta o‘yinlardan keyin ko‘nglingiz qulay va yoqimli mashinaga minishni istaydi. Men esa ushbu mashinani juda yaxshi ko‘raman. Chunki u katta ham emas, kichik ham. Ichiga men, qizim va sevimli kuchugimiz sig‘adi, xolos. Shuningdek, uni haydaganingizda noqulaylik sezmaysiz. Unchalik qimmat ham emas. Xullas, men uchun o‘ta mos avtomobillardan biri aynan mana shudir».

«Menda ilgari «Range Rovers» versiyali mashina bor edi. U ham menga yoqadi. Men uni kattaroq bo‘lishini istardim. Shu sababdan «Bentley Supersports»ni xarid qildim. Men o‘shanda o‘zimni yangi mashina sovg‘a qilganman. U hayotimdagi ilk sportchi avto edi. To‘g‘ri, men futbolda ko‘plab sovrin yutmagandirman. Ammo tez-tez o‘zimni yangi mashinalar bilan siylab turishni yoqtiraman».

Keyn sobiq jamoadoshi Dele Alli bilan bir xil avtoulov sotib olganiga ham izoh berdi. U bu haqida shunday deydi: «Qaydam, lekin Dele ham o‘shanda «Supersports»dan bitta xarid qilgan ekan. Men mashg‘ulotga yangi mashinamda borganimda, Dele Alli buni ko‘rib, juda ham hayron bo‘ldi. U menga xuddi shu turkumli mashinaga buyurtma berganini aytdi. Shundan keyin bir xil versiyadagi avtolarga ikkimiz ham ega bo‘ldik. Ammo meniki oq, uniki qora edi» .

Harri Keyn futbol maydonida ko‘p to‘qnashuvlarga uchrab turadi. Hujumchi hayotda ham mashinalar bilan avariyalar sodir etgan. Bu haqida uning o‘zi shunday deydi: «Men ilk bora «Tottenxem» safida debyut qilgan kunim avtoturargohda o‘z mashinamni urib olgandim. Bu baxtsiz hodisa meni deb sodir bo‘lgan. Shu sababdan asabiylasha boshladim. O‘shanda atrofda mashinalar juda ko‘p, yomg‘irli ob-havo edi. Juda ham hijolatli holat bo‘lgan, albatta. Ammo biz o‘sha kuni «Sanderlend»ni 5-1 hisobida mag‘lub qilganmiz. Men esa gol muallifiga aylanganman. Men uchun o‘sha oqshom fantastik o‘tgan. Chunki hammasi yomonlik bilan boshlanib, yaxshilik bilan tugaydi. Shu sababdan bu voqealarni hech qachon esdan chiqarmayman».

Ayni damda Harri Keyn Angliya terma jamoasi bilan seshanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:05, 29.03.2022.
O'qildi: 3108 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.