Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Joze Mourinyoning xatolari. U kimlarning "boshiga yetgan" edi?

Joze Mourinyoning xatolari. U kimlarning "boshiga yetgan" edi?

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo – futbol tarixidagi eng sovrindor murabbiylardan biri. Ammo bu, uning mukammal ekanini anglatmaydi. U ham faoliyati davomida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ygan. Mourinyoda talantlarni yaxshi farqlay olish qobiliyati bor. Shu bilan birga u ko‘p yulduz futbolchilaridan ayrilgan. Bugun biz portugalning "xatolari"dan tuzilgan ramziy terma jamoaga ko‘z tashladik.

Darvozabon: Petr Chex

Chex Mourinyoning "Chelsi"dagi dastlabki davrida o‘ta kerakli figura bo‘lgan. Ammo portugaliyalik mutaxassis uning o‘rniga 2015 yilda Tibo Kurtuani olib keladi. Chex "Chelsi"ning ashaddiy raqiblaridan biri bo‘lgan "Arsenal"ga yo‘l olib, u yerda bir nechta titullarga ega chiqadi.

O‘ng qanot himoyachisi: Glen Jonson

Jonson Mourinyoning birinchi "Chelsi"sida o‘z imkonini kutib yashadi. Ammo unga yon berilmadi va 2007 yilda 4 million funt evaziga "Portsmunt"ga sotib yuborildi. U shundan keyin APLdagi eng yaxshi himoyachilardan biriga aylandi. Jonson "Liverpul"da o‘z cho‘qqisiga erishgan edi. Futbolchi 2010 va 2014 yilgi Jahon chempionati, shuningdek, 2012 yilgi Yevroda Angliya sharafini himoya qilgan.

Chap qanot himoyachisi: Filipe Luis

"Chelsi" Luisni 2014 yilda "Atletiko"dan xarid qiladi. Ammo futbolchi Londonda ancha qiyinchiliklarga duch kelgan. U bir mavsumda atigi 9 ta APL uchrashuvida qatnashib, 2015 yilda yana Madridga qaytib ketadi. Braziliya terma jamoasi a’zosi Ispaniyada yuqori cho‘qqiga chiqqan. U 2018 yilda Yevropa ligasida chempion bo‘lgan edi.

Markaziy himoyachi: David Luis

Mourinyo "Chelsi"ga atigi bir mavsumga qaytadi. Ammo o‘sha qaytish davomida jamoaning ishonchli vakilidan biri bo‘lgan David Luisni "PSJ"ga 50 million funt evaziga sotib yuborilishiga sabab bo‘ladi. Himoyachi Parijda ikki mavsum davomida ikki bor Fransiya chempioni bo‘ladi. Luis 2016 yilda "Chelsi"ga qaytib, 2017 yilda Konte bilan APLni yutgan edi.

Markaziy himoyachi: Leonardo Bonuchchi

Mourinyo 2009 yilda "Inter"ga taklif etiladi. U jamoaga kelgan zahotiyoq Bonuchchini o‘z standartlaridan yiroq futbolchi deb hisoblab, arzimagan pul evaziga "Jenoa"ga berib yuboradi. Markaziy himoyachi 2010 yilda "Yuventus"ga yo‘l oladi. Undan keyin nimalar bo‘lganini esa o‘zingiz yaxshi bilasiz. U hozirda Italiyaning milliy qahramonlaridan biriga aylangan.

Yarim himoyachi: Kevin De Bryuyne

De Bryuynega "Chelsi"da deyarli imkon berilmaydi. Bunga Mourinyo yo‘l qo‘ymagan edi. Belgiyalik futbolchi "Volfsburg"ga sotib yuborilgan. Kevin 2014-15 yilgi mavsumda Bundesliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topiladi. Shundan so‘ng uni "Manchester Siti" sotib oladi. De Bryuyne hozirga qadar dunyoning eng zo‘r futbolchisi bo‘lishga ulgurdi.

O‘ng tomon vingeri: Muhammad Saloh

Bu borada ortiqcha izoh berib o‘tirishning foydasi yo‘q. Joze Mourinyo misrlikni sotib yuborib, umridagi eng katta xatoni bo‘yniga ilgan...

Yarim himoyachi: Xuan Mata

Biz Matani ro‘yxatdan chetda qoldira olmaymiz. Chunki u "Chelsi"dagi fenomenal o‘yinlari bilan yodimizda qolgan. Yil o‘yinchisi maqomiga bir necha bor sazovar bo‘lgan yarim himoyachi 2014 yilda "MYU"ga sotib yuboriladi. O‘shanda muhlislar Mourinyoning bu qaroridan hayratga tushgan. Mata "qizil iblislar" safida o‘z darajasiga qayta chiqa olmadi.

Chap qanot vingeri: Aryen Robben

Robben Joze Mourinyoning "Chelsi"dagi dastlabki yillarida muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ammo nima ham bo‘ldi-yu, Mour uni "Real"ga sotib yubordi (24 million funt). Ispaniyadagi ikki mavsumdan keyin, Robben "Bavariya"ga yo‘l oladi va u yerda 10 yil davomida haqiqiy mashhurlikka erishadi.

Hujumchi: Romelu Lukaku

Mourinyo qo‘l-ostida eng muvaffaqiyatsiz natija qayd etgan futbolchi bu Lukaku edi. Atigi 3 ta o‘yindan keyin, hujumchi "Everton"ga 28 million funtga pullab yuboriladi. Belgiyalik "Gudison Park"da Mourinyo katta xatoga yo‘l qo‘yganini isbotlab berdi. Aynan shu sabab ham "special one" uni 2017 yilda "MYU"ga olib kelgan edi. Lukaku "MYU", "Inter", hozir esa yana "Chelsi" libosini kiydi.

Hujumchi: Ibragimovich

Ibragimovich Mourinyo o‘z jamoasida olib qolishga harakat qilgan kamsonli futbolchilardan biridir. Ammo shvesiyalik hujumchi "Barselona"dan kelgan taklifni rad eta olmaydi va 2009 yilda Kataloniyaga yo‘l oladi. Ispaniyadagi omadsiz mavsumdan keyin, Ibra ko‘p jamoalarda o‘ynab ko‘rdi. Ular ichida "PSJ", "LA Gelaksi", "MYU", hamda "Milan"lar mavjud. Hozirda 40 yoshni qarshi olgan futbolchi Italiya chempioni bo‘lishga juda yaqin turibdi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetsport.com

Изоҳ: Расмларда футболчиларнинг Моуриньо томонидан сотиб юборилган мавсумдаги кўриниши берилган

Kiritildi: 18:22, 29.03.2022.
O'qildi: 2747 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.