Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche - Monsa

OFK va Hawk-eye kompaniyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurdi

OFK va Hawk-eye kompaniyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning iyun oyida yurtimiz maydonlarida nufuzli musobaqa — U23 Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar va tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda.

Kecha ushbu musobaqaning barcha uchrashuvlarida VAR texnologiyasidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida OFK va Hawk-eye kompaniyasi vakillari yurtimizga tashrif buyurdi.

O‘FA Tashkiliy qo‘mitasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yaponiyalik mutaxassis Ino Takaaki stadionlar, hakamlar mashg‘ulot maydoni, OFK delegasiyasi mehmonxonasida olib boriladigan inspeksiya ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, uchrashuvda O‘FA, OFK hamda Hawk-eye kompaniyasi vakillari U23 Osiyo kubogi davomida VAR texnologiyasidan foydalanishda amalga oshirish zarur bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab oldilar.

Xorijiy mutaxassislar xizmat safari davomida Osiyo kubogining mezbon stadionlarida o‘tayotgan O‘zbekiston Superligasi bahslariga tashrif buyurib, stadionlarda VARdan foydalanishdagi mavjud amaliyotni o‘rganishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, uchrashuvlar poytaxtimizdagi «Bunyodkor», «Paxtakor», «Lokomotiv» va Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:31, 01.04.2022.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик