«Liverpul» va «Uotford» o‘rtasidagi APL 31-tur bahsida hisob ochildi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida mersisaydliklar hujumchisi Diogu Jota boshi bilan mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi. O‘tgan mavsum boshidan beri faqatgina Dominik Kalvert-Lyuin (8) APL bahslarida Jotadan (7) ko‘proq boshi bilan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.