«Barselona» hujumchisi va sardori Rafinya Ispaniya La Ligasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
O‘tgan oyda braziliyalik hujumchi La Liganing uchta uchrashuvida ishtirok etib, 5 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
Rafinya «Elche» (5:0) va «Rayo Valyekano» (5:2)ga qarshi uchrashuvlarning har birida dubl qayd etdi. Shuningdek, u Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi bahsda (2:0) bitta gol urdi.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Rafinyaning bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.













