Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Klopp "Uotford" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?

Klopp "Uotford" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp «Liverpul» jamoasining «Uotford» ustidan qozonilgan g‘alabasidan (2:0) keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz kerakli vaqtda yaxshi harakat qildik. Birinchi gol o‘yinimizda ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Roy Xojsong qanday jamoani tashkil qilishni biladi va u "Uotford"da bu ishni amalga oshirgani taxsinga loyiq.

Biz yanada yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi, lekin ikki haftalik tanaffusdan tufayli va o‘yinning erta boshlanishi haqiqatda qiyin bo‘ldi, ammo barcha jamoalarda bir xil muammolar bor. Men xalqaro tanaffusdan keyin mavsumning eng yaxshi o‘yinini ko‘rdim deb o‘ylayman. Shu bilan birga, biz juda tajovuzkor edik va o‘yinni nazorat qildik.

- Penalti haqida qanday fikrdasiz?

- Men o‘sha vaziyatni ko‘rmadim. Epizodda boshqa futbolchilar ham bor edi. Agar qoidabuzarlik bo‘lsa, buning uchun VAR mavjud.

- Jo Gomesning o‘yiniga qanday baho berasiz?

- Yuqori. U bitta golni tashkil etdi va ikkinchi bo‘limda golga aylanishi mumkin bo‘lgan yana bir ajoyib pas uzatdi.

Trentni qanday almashtirish mumkin? Men undan Trent kabi o‘ynashni so‘ramadim, Jo Gomes kabi o‘yna, dedim. U ajoyib o‘yinchi, mavsum oxirida u ko‘proq o‘yinlarga ega bo‘ladi.

- Jota haqida nima deya olasiz?

- Yuqori saviyalik futbolchi! U haqiqatan ham o‘yin taqdirini hal qilib yuboradi. Ajoyib paslarga ega va bosh bilan yaxshi zarba bera oladi.

Men ikki muhim oydan umid qilyapman. Bu hafta may oyi qanday bo‘lishi borasida ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Yigitlar birinchi darajali zahirani yaratishdi, endi biz undan foydalanishimiz kerak.

Lekin bitta sovrinni ham yutish qiyin. Biz o‘yindan o‘yinga o‘tishimiz kerak, har bir o‘yinda 100 foiz kuchimizni berishimiz kerak. Umid qilamanki, barcha yigitlar formada. Premyer-liga - eng muhim musobaqa", - dedi «Liverpul» bosh murabbiyi.

Kiritildi: 20:41, 02.04.2022.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик