«Barselona» himoyachisi Jerar Pike jurnalistlarga Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»da to‘p tepgan paytdagi qiziqarli voqealarni aytib berdi.
«Krishtianu Ronaldu? Men u bilan doim yaxshi munosabatda bo‘lganman. Biz birga o‘ynaganimizda boshqa portugaliyalik va braziliyalik jamoadoshlarimiz ham bo‘lgan», - deydi Pike.
Ayniqsa, Pike Ronalduning tashqi qiyofasini kuzatish odatini ta’kidladi.
«Mashg‘ulotlarga kelganda, u har doim birinchi bo‘lib oynaga qaragan. Bu juda qiziqarli edi», dedi Pike.
Shuningdek, Pike Ronalduning o‘yinini, ruhiy holatini hamda yoshligidagi o‘yinlari yuqori baholadi.