Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Diyor Imomxo‘jayevdan bugungi 3ta o‘yinga anons

Diyor Imomxo‘jayevdan bugungi 3ta o‘yinga anons

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ramazon va aprel oyi futbol muxlislarini siylashda davom etadi. Kecha Sport-TV orqali Chempionlar ligasining ikki ajoyib uchrashuvini tomosha qildik. Bugun O‘zbekiston kubogidagi ikki teng kuchli raqiblar ishtirokidagi o‘yin Sport-TV orqali, "Paxtakor"ning Chempionlar ligasidagi o‘yini Futbol-TV orqali ko‘rsatiladi. O‘yinlar vaqti bir-biriga xalal bermaydi.

"Zomin" va "Xorazm" Pro ligada to‘qnash kelib ulgurmadi. E’tibor qilayotgan bo‘lsangiz, Pro ligada yaqqol ajralib qolayotgan jamoaning o‘zi yo‘q. 10 ta klubning eng kuchsizroq ko‘rinayotgani ham "Turon"ni qiynayapti, "Andijon"dan ochko tortib olyapti va hokazo.

15:45. ZOMIN — XORAZM. Sport-TV

AGMK esa Coca-cola Superliga 2-turida "Lokomotiv"dan alamli mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Ustunlik olmaliqliklar tarafida bo‘lsa ham, harakatlari Kloppni eslatib yuborayotgan "Loko" ustozi vaziyatdan chiqib keta olgan va yakunda 2 ta gol urib, iroda ko‘rsatgandi. Oradan 30 kun o‘tib Qosimov jamoasi revansh oladimi yoki temiryo‘lchilar bu safar ham yaxshiroq rejaga egamikin, bugun bilib olamiz.

18:00. AGMK — LOKOMOTIV. Sport-TV

"Paxtakor" esa Eronning "Sepahon"i bilan o‘ynaydi. Fors klublari Toshkent "sherlar"idan hayiqib turadi. Chunki "Paxtakor" Eron klublari bilan 23 marta to‘qnash kelib, 14 tasida g‘olib chiqqan. 4 ta durang va faqatgina 5 ta o‘yin forslar foydasiga hal bo‘lgan. "Paxtakor"ni Eronda yaxshi tanishadi, "Persepolis"u "Istiqlol"lar ham unga qarshi yetarlicha maydonga tushgan.

"Sepahon" o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan "Persepolis" va "Istiqlol"dan keyin fors ligasida uchinchi bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsum jamoa kumush medallarga ega chiqib, Chempionlar ligasiga yo‘l oldi. "Paxtakor" esa chempion sifatida o‘ynaydi. Bizningcha, bu dahshatli o‘yin bo‘ladi. Uni albatta ko‘rish kerak.  

22:15. PAXTAKOR — SEPAXON. Futbol-TV

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 15:24, 07.04.2022.
O'qildi: 2611 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.