Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Andijonda tashkil etilgan yana bir xususiy klub bilan viloyat hokimi uchrashdi (foto)

Andijonda tashkil etilgan yana bir xususiy klub bilan viloyat hokimi uchrashdi (foto)

Baho:
+ | -

Ma’lumki, 9 aprel kuni «Andijon-SGS» jamoamiz joriy mavsumda o‘z maydonidagi ilk rasmiy uchrashuvini O‘zbekiston Kubogi doirasidan o‘rin olgan «Olimpik»ka qarshi o‘tkazadi.

Bo‘lajak uchrashuvga jamoamiz har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishga xarakat qilmoqda. Futbolchilardagi ishtiyoqni oshirish, ulardagi ruhiyatni yanada ko‘tarish maqsadida kuni-kecha Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov jamoamiz bilan uchrashdi.

Jamoamiz bosh homiysi «Shirin Gaz Servis» korxona raisi Muqaddas Rahimova boshchiligidagi «Andijon-SGS» futbol klubimizni viloyatimiz hokimi juda iliq qarshi oldi. Uchrashuvda Shuhratbek Abdurahmonov «Andijon-SGS» jamoasini har biri o‘yini natijasidan xabardor bo‘lib borayotganini, ayniqsa O‘zbekiston Kubogi saralash bahslarida uchta bahsda uchta g‘alaba qilingani kishini xursand qilib yuborganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Viloyatimiz hokimi futbolchilar bilan suhbatlashish chog‘ida ulardan kelajakda umidi katta ekanligini, sharoitlar borasida muammo bo‘lmasligini aytib o‘tdi. Shuhratbek Abdurahmonovning «Andijon-SGS»ga qaratayotgan bunday e’tibori, o‘z navbatida rasmiy uchrashuvlar oldidan jamoamizning har bir a’zosiga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi.

Umid qilamizki, futbolchilarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlash uchun bor kuch-g‘ayratini ishga soladi.

Manba: «Андижон-SGS» матбуот хизмати
Kiritildi: 01:03, 08.04.2022.
O'qildi: 3666 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик