Alisher Nikimbayev o‘z Telegram kanali orqali Eron va Rossiya terma jamoalari o‘zaro nazorat o‘yinini o‘tkazishi mumkinligi haqida xabar berdi.
Bahs 2 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv joyi esa hozircha ma’lum emas, chunki tomonlar bunday o‘yin o‘tkazish uchun avvalo FIFAdan ruxsat olishlari kerak.