Kataloniyaning "Barselona" jamoasi "Sevilya"dan ijaraga olingan Lyuk de Yongning keyingi taqdiri borasida bir qarorga kelmagan.
TV3 nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 4 million yevroga baholanayotgan futbolchi borasidagi so‘nggi qaror mavsum oxirida qabul qilinadi.
31 yoshli forvard joriy mavsum kataloniyaliklar uchun jami 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.