Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

OCHL. Marko Stanoyevichning dubli «Nasaf»ga muhim g‘alabani taqdim etdi

OCHL. Marko Stanoyevichning dubli «Nasaf»ga muhim g‘alabani taqdim etdi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasi «E» guruhi 2-turi doirasdagi «Nasaf» — «Al Vihdat» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi.  Dastlabki daqiqalarda har ikki klub ham to‘pni ko‘proq nazorat qilishga harakat qildi. O‘yindagi ilk xavfli vaziyat o‘yinning 6 daqiqasida yuzaga keldi. Ammo Sharof Muhitdinovning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

Keyinchalik ustunlik biroz qarshilik futbolchilar tomoniga o‘tdi. Vakillarimiz raqib jarima maydonchasi ichida bir qancha xavfli vaziyatlar yaratishdi. Bozorovning bir qancha futbolchilarni aldab yo‘llagan zarbasini  raqib posboni qaytardi ammo Norchayev qaytgan to‘pga zarba berishga ulgurmadi.

20 daqiqada raqib ilk xujumini amalga oshirdi. Abu Amaraning o‘ng qanotdan oshirib bergan to‘piga Ahmad Samir boshi bilan zarba berdi. Ammo uning zarbasi darvozamiz ustuni yonidan o‘tib ketdi.

Birinchi taym o‘rtalarida Ivan Solovevning bosimidan so‘ng raqib darvozboni to‘pni uzoqlashtirishida xatoga yo‘l qo‘ydi. To‘pni Akmal Mozgovoy egallab, qulay vaziyatda turgan Bozorovga oshirdi. Ammo Oybekni zarbasi biroz kuchsiz chiqdi va raqib darvozaboni Ahmad Navas to‘pni egallab oldi.

30 daqiqadan keyin jamoalarning o‘yini sokinlashdi. Har ikki klub ham raqib jarima maydonchasi ichidan o‘z omadini izlashga harakat qilishdi. Ammo na «Nasaf»ning, na «Al-Vihdat»ningg hujumi xavfli ko‘rinish oldi.

Bo‘lim so‘nggida vakillarimiz gol urishi  mumkin edi, ammo raqib darvozabonining va himoyachilarning «ajdarlar» hujumini qiyinchilik bilan bartaraf etishdi.

Shu tariqa birinchi bo‘lib nursiz durang bilan yakunlandi —0:0.

Ikkinchi bo‘lim «Nasaf»ning biroz ustunligida boshlandi. Taym boshida Husayn Norchayev raqib himoyachisidan o‘tib ketib, darvozaning yaqin burchagini nisonga oldi. Darvozabon to‘pni maydondan chiqarib yubordi.

54 daqiqada vakillarimiz Qarshi klubi gol urishi mumkin edi. Burchakdan oshirib berilgan to‘pdan Norchayev kuchli zarba yo‘lladi, ammo raqib darvozaboni ajoyib seyv amalga oshirib, jamoasini goldan saqlab qoldi.

63 daqiqada Solovevning qo‘polligidan so‘ng ammanliklar xavfli nuqtadan jarima zarbasiga ega bo‘lishdi. Ahmad Samirning aniq yo‘llagan zarbasini Ne’matov maydondan chiqarib yubordi.

Nihoyat, 73 daqiqada «Nasaf» hisobda oldinga chiqib oldi. Bahrom Abdurahimovning pasidan so‘ng Marko Stanoyevich jarima maydoni tashqarisidan o‘z uslubida chiroyli gol urdi — 1:0.

Goldan ruhlangan «Nasaf» ketma-ket hujum uyushtirdi. 76 daqiqada Bozorovning chap qanotdan oshirib bergan to‘pini Nurulloyev darvoza tomon yo‘naltirdi. Uning  zarbasiga aniqlik yetishamdi.

85 daqiqada «ajdarlar» hisobni 2 taga oshirib oldi. Chap qanotdan uyushtirilgan Abdurahimov-Bozorov hujumidan keyin Oybekka nisbatan raqib himoyachisi jarima maydonchasi ichida qoida buzdi. Vaziyatga yaqin turgan referi penalti belgiladi. To‘p qarshisiga kelgan Stanoyevich «panenka» usulida gol urib, o‘z dublini nishonladi.

Ikkinchi bo‘lim oxiri Qarshi klubi ustunligi ostida o‘tdi. Vakillarimiz har ikki qanot bo‘ylab keskin hujumlar uyushtirishdi. Ammo gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi.

Shu tariqa «Nasaf» musobaqadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritib, guruhda hozircha yetakchiga aylanib oldi.

«Nasaf» — «Al Vihdat» — 2:0

Gollar: Marko Stanoyevich – 72, Marko Stanoyevich – 85 (penalti)

«Nasaf»:35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 7. Sharof Muhitdinov (Bahrom Abdurahimov, 70), 8.Dilshod Saitov, 9.Ivan Solovyov (Nurulloyev, 70), 10.Husayn Norchayev (Smaylagich, 75), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (Rahmatov, 89), 88.Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 6.Murodbek Rahmatov, 17.Suhrob Nurulloyev, 18.Bahrom Abdurahimov, 20.SHahzod Akramov, 23.Sardor Sa’dullayev, 27.Zafarmurod Abdirahmatov, 30. Aziz Xolmurodov, 99.Semir Smaylagich

«Al Vihdat»:1. Ahmad Navas, 2. Muhammad Buhashesh, 3. Muhannad Xair, 7. Abu Amara, 8. Xolid Assam, 10. Ahmad Israivah, 16.  Feras Shebayeh, 18. Tareq Xattab, 20. Klarens Bitang, 21. Muhammad Anas (Anas Ahmad, 73), 90. Ahmad Samir

Zaxira:99. Abdullah Alfaxori, 4. Muhammad Aldmairi, 5. Ahmad Haikal, 9. Matias Kastro, 11. Ahmad Elias, 15. Anas Hammad, 17. Umar Almansara, 19. Danial Afaneh, 44. Tamer Saleh, 77. Fadi Avad, 99. Abdullah Alfaxori

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy (69)

 

Kiritildi: 00:07, 12.04.2022.
O'qildi: 3926 marta.
Fikrlar: 73 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.