Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Yuventus" "Lester" yarim himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

"Yuventus" "Lester" yarim himoyachisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubiga Angliyaning «Lester» va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemansga qiziqish bildirmoqda.

«Keksa Sinyora» skautlari «Lester»ning «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi (2:1) yaqinda bo‘lib o‘tgan APL doirasidagi o‘yiniga tashrif buyurib, «tulkilar»ning 24 yoshli yarim himoyachisi Yuri Tilemansning imkoniyatlarini o‘rganishdi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

OAV xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi uchun Angliyaning «Arsenal» va «Manchester Yunayted» jamoalari ham qiziqish bildirishayotgandi. Shuningdek, unga «Real» ham ko‘z tikkan. Ehtimoliy transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Yuri Tilemansning «Lester» bilan shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi. Joriy mavsumda futbolchi 39 ta uchrashuvda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:22, 12.04.2022.
O'qildi: 1452 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик