Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Predrag Rogan: “Navbahor” ham kuchli va yaxshi jamoa”

Predrag Rogan: “Navbahor” ham kuchli va yaxshi jamoa”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Dinamo” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida samarqandliklar ustozi Predrag Rogan qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Avvalo bugungi g‘alaba bilan “Navbahor”ni tabriklayman. Mezbonlar haqiqatanam ajoyib o‘yin namoyish etishdi va haqli tarzda zafar quchishdi.

Biz esa garchi raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga intilgan bo‘lsakda, buning uddasidan chiqa olmadik hamda mag‘lubiyatga uchradik. Ammo ushbu bahsda jamoamiz tarkibidan ko‘plab yosh futbolchilar o‘rin olishgani va ularga biroz tajriba yetishmaganligini ham ta’kidlash joiz.

Uchrashuvning 1-bo‘limi “Navbahor” ustunligida o‘tdi. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyingina yigitlar yaxshi o‘ynashga intilishdi. Ta’kidlaganimdek, tarkibimizdan ko‘plab yosh futbolchilar o‘rin olishgan. Ular orasida hattoki, 2000 va undan yuqori yillarda tug‘ilgan futbolchilar ham bor. Ularga esa biroz tajriba kerak. Ammo maydonda, menimcha, yoshning farqi bo‘lmasligi kerak.

Joriy mavsum arafasida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bordik va mazkur yig‘in doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari olib borib, ularning ayrimlarida ijobiy natijalarni qayd etdik. Biroq o‘rtoqlik o‘yinlari bilan Superliga bahslari o‘rtasida katta farq bor. Futbolchilar maydonda qo‘rqmay, to‘p tepishlari kerak. Shogirdlarim oldingi, ya’ni, “Paxtakor”, “So‘g‘diyona” va “Qizilqum” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarda raqibga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. Lekin natija shunga yarasha bo‘lmadi. Shuningdek, yigitlar bugun ham raqibga qarshilik ko‘rsatishga intilishdi. Ammo “Navbahor” ham kuchli va yaxshi jamoa.

Joriy mavsumda Superligada “jon saqlab” qolish uchun emas, balki, yuqoriroq o‘rinlarni egallash uchun kurash olib boramiz. Tarkibimizdan 20 nafar yangi futbolchi o‘rin olgan va jamoamiz yuz foiz yangilangan desak bo‘laveradi. Futbolchilar maydonda o‘zaro bir-birlarini tushunishlari, sifatli o‘yin namoyish etishlari uchun hali ko‘p mehnat qilishimiz zarur.

Bugungi bahsda asosiy tarkibning 5-6 nafar futbolchisi ayrim sabablarga ko‘ra, maydonga tushishmadi. Ular orasida Abdujamol Isroilov ham bor va uning diskvalikafiyasi tezroq yakunlanib, safimizga qaytishini kutyapmiz.

Kiritildi: 02:29, 13.04.2022.
O'qildi: 1137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик