"Torino" prezidenti Urbano Kayro hujumchi Andrea Belotti yozda jamoani tark etishini aytdi.
"Andrea Belotti shartnomani uzaytirmaydi va klubni erkin agent sifatida tark etadi. Balki u allaqachon boshqa jamoa bilan kelishib olgandir", - dedi funksioner LA Gazette Dello Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Belottining "Torino" bilan shartnomasi 2022 yilning iyunigacha amal qiladi.