Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

OCHL. Ikki marta hisobda oldinda borgan «Paxtakor»ni «Duhayl»ning bir futbolchisi mag‘lub etdi

OCHL. Ikki marta hisobda oldinda borgan «Paxtakor»ni «Duhayl»ning bir futbolchisi mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida "Paxtakor" Qatarning "Duhayl" klubi bilan to‘qnash kelib, nafaqat g‘alabani qo‘ldan chiqardi, balki mag‘lubiyatga ham uchradi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Rashidovning chiroyli uzatmasidan keyin Sharkich bosh bilan zarba berib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Sardor darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va zarba berdi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi. Vaholanki Rashidovda bo‘sh joyga ochilgan Erkinov uzatma berish imkoniyati ham bor edi.

Shundan so‘ng qatarliklar safida Edmilson ishga tushdi. U olis masofadan yetkazilgan uzatmani o‘ziga bo‘ysundirdi va birga-bir vaziyatda Suyunovni dog‘da qoldirib, hisobni tenglashtirdi.

"Paxtakor" bu hujumga tezda javob qaytardi. Alijonovning o‘ng qanotdan bergan pasini Sobirxo‘jayev ajoyib zarba bilgan golga aylantirdi. Shundan so‘ng Hojimat Erkinov yakkama-yakka vaziyatda darvozaboni ishg‘ol eta olmadi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib yana o‘sha Edmilson olis masofadan ideal zarba orqali hisobni tenglashtirdi. O‘yin tugashiga 7 daqiqa qolganida braziliyalik futbolchining o‘zi bir himoyachimizni aldab o‘tib, Suyunov uchun qaytarib bo‘lmas zarba bilan "Duhayl"ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Xet-trik.

"Duhayl" o‘z ochkolarini 6taga yetkazgan bo‘lsa, "Paxtakor" 3 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi. 18 aprel kuni ushbu jamoalar yana o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Osiyo chempionlar ligasi, "D" guruhi, 3-tur
"DUHAYL" - "PAXTAKOR" - 3:2  (1:0)
Gollar: Edmilson (66, 71, 83) — Sharkich (44), Sobirxo‘jayev (69)
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, A’zamov, Larin, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Rashidov, Cheran, Erkinov, Sharkich.
Zaxira: Quvvatov, Aliboyev, Turg‘unboyev, Xolmatov, Yoqubov, Asqarov, Ergashboyev, Fayzullayev, Mirahmadov, Azmiddinov.
"Duxayl": Saloh Zakariya, Muhammad A’laaldin, Aldeyveyreld, Bassam Ravi, Sulton Breyk, Karim Budiaf, Assim Madibo, Abdulloh Al Ahraq, Edmilson, Almoaz Ali, Olunga.
Zaxira: Shehab Ellezi, Muhammad Musa, Ismoil Muhammad, Luiz Martin, Muhammad Holid, Abdulrahmon Muhammad, Nam Tay Xi, Ali Afif, Muborak Shahan, Rashid Abdulla.
Hakamlar: Kim Day Yong, Pak Kyun Yong, Bang Gi Yol, Kim Xi Gon (Koreya).
Nazoratchi: Muhammad Juma (BAA).
Komissar: Mindu Dorji (Butan).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:13, 15.04.2022.
O'qildi: 3702 marta.
Fikrlar: 75 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик