Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ulug‘bek Baqoyev: "Andijon" menga yoqdi, klub Superligaga chiqish vazifasini bajaradi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Andijon" menga yoqdi, klub Superligaga chiqish vazifasini bajaradi"

Baho:
+ | -

"Andijon" - "So‘g‘diyona" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev mazkur uchrashuv yuzasidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Ulug‘bek aka, avvalo “Andijon”ga qarshi uchrashuv borasidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

- Bugun “Andijon” jamoasi bilan o‘ynadik. Bu klubni Superligaga chiqish vazifasi bor. Shu bois jamoa kurashuvchan. O‘ziga yarasha kuchli. “Andijon”ning asosiy quroli standart vaziyatlar va biz aynan standartdan gol o‘tkazib yubordik. O‘yin davomida ob-havo ham issiq bo‘ldi. Hozir Ramazon oyi, ko‘p futbolchilar ro‘za tutishyapti. Shu bois o‘yinni biroz kechroq o‘tkazsa ham bo‘lardi. O‘yin durangga loyiq deb o‘ylayman. Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman.

- Birinchi bo‘limda asosiy o‘yinchilarning maydonga tushirilmagani “Andijon”ni mensimaganlik bilan bog‘liqmi yoki tarkibda o‘zgarishlarni xohladingizmi?

- Bilasizmi, jamoada balans bo‘lishi kerak. Barchaga o‘yin amaliyoti kerak. Shu sababli kam o‘ynayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Kimdir ko‘p o‘ynaydi, kimdir ozroq. Shuning uchun rotasiya qildik. Bizda faqatgina 11 futbolchi asosiy tarkib a’zolari emas, balki barcha o‘yinchilar asosiy tarkibga munosib.

- Jamoa himoyachilari standart vaziyatlarda o‘ta yomon o‘ynadi. Bunga sabab nima yoki himoyachilar tayyor emasmidi?

- Bugun “Andijon” jamoasi standart vaziyatlarda yaxshi o‘ynadi. Boya aytganimdek, bu ularning asosiy quroli. Ko‘rgan bo‘lsangiz, oxirgi o‘yinlarda “Andijon” faqat standartlardan foydalanyapti. Shuning uchun bu ularning ustun jihati hisoblanadi.

- “So‘g‘diyona” yetakchisi Jasur Hasanov ikki o‘yindan beri ko‘rinmayapti. Bu nima bilan bog‘liq?

- Jamoa sardorimizni kichik jarohati bor. Shuning uchun keyingi uchrashuvga saqladik.

- Filiposyanni Superliga o‘yinlarida zaxirada qoldiryapsiz. Kubok bellashuvlarida esa asosiy tarkibda tushiryapsiz. Nima uchun unga Superligada ishonch bildirmayapsiz?

- Yo‘q, bu yerda gap ishonyapti yoki ishonmayapti, degan narsada emas. Artyom Filiposyanga kelsak, bizda 3 ta markaziy himoyachi bor. Sardor Qulmatov, Marko Kolakovich va Filiposyan. Bizning o‘yin sxemamiz bo‘yicha ikkita markaziy himoyachi bilan o‘ynayapmiz. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Shu sababdan Filiposyanni Kubok o‘yinlarida sport formasini ushlab turishi uchun o‘ynatyapmiz. Futbolchini yaxshi yoki yomon deb aytmayman. Biz unga albatta ishonch bildiramiz.

- Uchrashuv tugaganidan so‘ng, futbolchilaringiz maydonda mashg‘ulot o‘tkazishdi. Bu sizning ko‘rsatmangizmidi?

- Bugun kam o‘ynagan futbolchilarga dastur bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazishimiz kerak edi. Chunki ertaga yigitlarga dam beriladi, qolaversa, yo‘lda bo‘lamiz. Lekin ayrim sabablarga ko‘ra bu mashg‘ulotni o‘tkaza olmadik. Chunki o‘ynamagan futbolchilarga ko‘proq yuklamalar berib mashg‘ulot o‘tkazmoqchi edik.

- O‘yinda pro liganing kuchli klublaridan biri bo‘lgan “Andijon”dan qanchalik qarshilik kutgandingiz va taxminlaringiz qanchalik o‘zini oqladi?

- “Andijon” jamoasi menga juda yoqdi. O‘yinchilari ham yaxshi. Menimcha, “Andijon” Superligaga chiqish vazifasini bajaradi" - dedi Baqoyev.

Kiritildi: 01:21, 15.04.2022.
O'qildi: 1194 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.