"Byornli" muxlislari jamoa sobiq bosh murabbiyi Shon Daych iste’foga chiqarilgach, rahbariyatga norozilik bildirishdi.
"Klubimiz rahbariyati bizni aldadi. Hozir biz o‘zimizni muvaffaqiyatsizlikka uchragandek his qilyapmiz, balki agar Premyer-ligadan tushib ketsak, boshqa bu yerga qayta olmasligimiz mumkin. 10 yil davomida biz Daych futboli bilan o‘ynab, orzu bilan yashadik. Bu qaror falokatli", - dedi klub muxlislaridan biri Daily Mail nashriga.
Eslatib o‘tamiz, APLning joriy mavsumida "Byornli" 30 uchrashuvda 24 ochko jamg‘argan xolda turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.