Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Nima uchun Angliya kubogining yarim finallari ham «Uembli»da o‘tkaziladi?

Nima uchun Angliya kubogining yarim finallari ham «Uembli»da o‘tkaziladi?

Baho:
+ | -

Angliya poytaxtidagi «Uembli» stadioni mahalliy xalq tomonidan «futbol uyi» deya e’tirof etiladi. U yerda Angliya Futbol assosiasiyasi joylashganidan hammaning xabari bor. Eski «Uembli» 1923 yilda ochilgan va o‘sha vaqtdan to 2000 yilga qadar har mavsumning mamlakat kubogi finalini o‘zida qabul qilgan. 2000 yilda esa ushbu tarixiy stadion buzilib, o‘rnida zamonaviy va hammamiz bugungi ko‘rinishini juda yaxshi taniydigan «Uembli» barpo etiladi. 1923 yildagi ilk «Uembli» finali «Bolton» hamda «Vest Xem» o‘rtasida bo‘lib o‘tgani va unda London jamoasi mag‘lub bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tish lozim.

2007 yilda «Uembli»ning qayta ochilishi bilan Angliya kubogi finali yana ushbu o‘yingohga qaytariladi. Garchand, qariyb yuz yil davomida dunyodagi eng qadimiy turnir finali «Uembli»da o‘tib kelayotgan bo‘lsada, doim ham bunday bo‘lmagan. 1870 yillar boshida ushbu musobaqa asosan «Kennington Ovali»da bo‘lib o‘tardi. Qolaversa, «Kristal Pelas» maydoni, «Old Trafford» kabi stadionlar ham bu jarayonlarda faol qatnashadi. Ammo FA kubogining yarim finallarini ham «Uembli»da o‘tkazish, nisbatan ancha yangi an’ana sanaladi. Shunga qaramay, ushbu odatning ildizlari ham tarix bilan bog‘langan. Biz yuqorida ta’kidlagan Kenningtondagi « the Oval» o‘yingohida 1870 yillar davomida yarim final bahslari muntazam o‘tkazib kelinar edi. Hozir ham ushbu joy mavjud. Ammo hozir u yerda futbol emas, balki kriket o‘ynashadi. XIX asrning 70 yillari oxiriga qadar qur’ada uy o‘yinini «yutib olgan» jamoa yarim finalga chiqsa, bu bosqichni neytral maydonda o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Xuddi shu narsaga amal qilingan holda, 1880-2008 yillar oralig‘ida yarim final uchrashuvlari mamlakatning eng katta sig‘imga ega, istalgan o‘yingohida o‘tkazilib kelindi (U paytlar «Uembli» sig‘imi o‘ta baland emasdi).

Masalan, 1999 yildagi yarim finalda «MYU» hamda «Arsenal» jufligi Birmingem shahrida, «Aston Villa»ning uy maydonida uchrashishadi. 1989 yilda «Liverpul» va «Nottingem» esa Sheffild shahrida to‘qnash kelgan. Ayni Sheffild hamda Birmingem shaharlari uzoq yillar mobaynida yarim finallarga mezbonlik qiladi. Biroq Angliya Futbol assosiasiyasi 2005 yildan boshlab yarim finallar va finalni bitta o‘yingohga ko‘chirishga qaror qiladi. Shunday qilib, 2001 va 2006 yillarning finalini qabul qilgan Kardiff shahrining «Millenium» stadioni (bu vaqt davomida «Uembli» qaytadan qurilayotgan edi) 2005 yilda ilk bor yarim finallarga ham guvoh bo‘ladi.

Angliya kubogining ilk finali yangi «Uembli»da, 2007 yilda bo‘lib o‘tadi. Unda «Chelsi» «MYU»ni mag‘lubiyatga uchratadi. Keyingi mavsumdan esa har ikkala yarim finallar «Uembli»ga ko‘chiriladi. Xo‘sh, bunga asosiy sabab nima edi? Buni bir so‘z bilan aytish mumkin – PUL!
«Uembli»ning qayta qurilishi 800 million funtga tushadi. Uni ushlab turish ham, tabiiyki, katta xarajatni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, hukumat nazorati bilan yarim finallar ham Londonda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ushbu qaror umumiy ravishda normal holat sifatida qaralsa ham, keng jamoatchilik yarim finallarni «Uembli»da o‘tkazilishiga qarshidir. Xususan, «The Guardian» nashri o‘tkazgan so‘rovnomada qatnashgan respondentlarning 86 foizi bu narsaga qarshi ovoz bergandi. Bu borada shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, bordi-yu, ikki shimoliy shaharlar klubi (masalan, «MYU» va «Manchester Siti») yarim finalda to‘qnash kelsa, ular va jamoa muxlislariga Londonga kelishdan ko‘ra, biror yaqinroq shaharning o‘yingohi ma’qulroq bo‘ladi. Negaki, muxlislar uzoq yo‘lga borib kelish uchun (bor-yo‘g‘i yarim finalni ko‘rgani) ancha qiynalishi mumkin. Shu sababdan muxlislar asosan pul ishlash uchun ishlab chiqilgan «yarim finallar» strategiyasini ko‘p ham xushlamaydilar.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 18:12, 17.04.2022.
O'qildi: 1784 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.