Uchrashuvning barcha ishtirokchilari orasida “Norvich”ga qarshi o‘yinda eng yaxshi ballni Krishtianu Ronaldu oldi.
Sky-Sports Premyer-liganing 33-turi doirasidagi (3:2) o‘yinda xet-trik qayd etgan hujumchiga 9 ball berdi.
"Manchester Yunayted"da darvozabon David De Xea, yarim himoyachilar Jessi Lingard va Entoni Elanga, shuningdek, Xuan Mata 7 balldan olishdi.
Yarim himoyachi Pol Pogba va himoyachi Aleks Telles besh, klubning qolgan barcha o‘yinchilari olti ballga loyiq ko‘rildi.