«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi, hozirda Sky Sports eksperti bo‘lib faoliyat ko‘rsatayotgan Rio Ferdinand ertaga APL doirasida bo‘lib o‘tadigan «Chelsi» - «Arsenal» uchrashuvidan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Chelsi» asta-sekin o‘zining eng yaxshi formasiga qaytmoqda, ular Angliya kubogi finaliga o‘zlarini eng yaxshi tarzda tayyorlashlari kerak. «Arsenal»ning "Chelsi"dan ochko olishiga shubha qilaman", - dedi Ferdinand Sky Sports nashriga.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" hozirda APLda ketma-ket uchta mag‘lubiyatga uchradi. "Chelsi" esa barcha musobaqalarda ketma-ket uchta g‘alabaga erishdi. Tuxel shogirdlari o‘tgan haftaning oxirida ketma-ket uchinchi marta Angliya kubogi finaliga chiqdi.