Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Milan derbisi kubokka ko‘chgan! Yaqin kunlar ichida qanday kubok bahslari bo‘lib o‘tadi?

Milan derbisi kubokka ko‘chgan! Yaqin kunlar ichida qanday kubok bahslari bo‘lib o‘tadi?

Baho:
+ | -

Italiya kubogi yarim final bahslari qizg‘in tus olgan. Bugun va ertaga yarim finalning javob o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Birinchi uchrashuvlardan so‘ng hech bir juftlikda aniq favorit yo‘q. Hatto «Yuventus» ham Florensiyadagi minimal hisobdagi g‘alabadan keyin o‘zini xotirjam his qila olmayapti.

 

Massimiliano Allegri shogirdlari so‘nggi paytlarda muxlislari kutgan ajoyib o‘yin ko‘rsatishmayapti va «binafsharanglar» uchun ertangi g‘alaba yevrokuboklarga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.

Milan derbisidagi golsiz durangdan keyin favoritni aniqlash qiyin bo‘lib qoldi. Biroq Simone Indzagi jamoasining hujum chizig‘i mustahkam bo‘lgani uchun «Inter»ning g‘alaba qozonish imkoniyati biroz yuqoriroq. Shu bilan birga, «Milan» forvardlari so‘nggi oylarda hujumlarni oxiriga yetkazishda juda ko‘p muammolarga duch kelmoqda.

Germaniya kubogi yarim finali

Uzoq vaqt davomida ilk bor Germaniya kubogi yarim finaliga faqat birgina top-klub yo‘l olmoqda. Bu yerda «Bavariya» yoki «Borussiya»ni ko‘rmaysiz. Biroq Domeniko Tedesko boshchiligida ajoyib futbol ko‘rsatayotgan «Leypsig» bosh titul uchun kurash olib boradi. Bu juftlikda «Union Berlin» «buqalar»ga qarshilik ko‘rsatadi.

Narigi juftlikning esa favoriti yaqqol ko‘rinib turibdi: «Frayburg» ikkinchi Bundesliga jamoasi «Gamburg»ga qarshi bahs olib boradi. Tim Valter shogirdlarining imkoniyatlari bu yerda ancha past. Ularning joriy mavsum elita divizioniga qaytishi dargumon.

Portugaliya kubogi yarim finali

Portugaliya kubogining yarim final javob o‘yinlari bir qarashda ko‘ringanidanda qiziqarliroq aslida.

Bu yerda «Mafra» mart oyida «Tondela»ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Ammo o‘z maydonida mafraliklar uchta gollik farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘radi. Chunki, raqibda jiddiy muammolar bor. Xususan, Nunu Kampush shogirdlarida marraga to‘rt tur qolganda, Segundaga tushib qolish xavfi mavjud va shuning uchun kubok chempionligi haqida ko‘proq o‘ylashadi.

«Portu»ning ham «Sporting» ustidan mehmonda irodali g‘alaba qozongani ko‘p narsani kafolatlamaydi. «Sherlar» chempionlik uchun kurashda allaqachon mag‘lub bo‘lgan, ammo Dortmundning «Borussiya»sini Chempionlar ligasi pley-offiga chiqishiga yo‘l qo‘ymagan jamoning imkoniyatlari har doim ham past bo‘lavermaydi.

Kiritildi: 18:01, 19.04.2022.
O'qildi: 1495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.