Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Xoland "Man Siti"ga o‘tishni ma’qulladi. "Borussiya" va Rayola bilan transferni kelishib olish qoldi

Xoland "Man Siti"ga o‘tishni ma’qulladi. "Borussiya" va Rayola bilan transferni kelishib olish qoldi

Baho:
+ | -

Erling Xoland "Manchester Siti"ga o‘tishga rozi bo‘ldi.

The Athletic xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha dastlabki tafsilotlarni kelishib olishgan.

Ingliz klubi endi “Borussiya” bilan transfer summasini kelishib olishi, shuningdek, norvegiyalik agent Mino Rayolaning bonus pulini kelishib olishi kerak.

Oldinroq Xolandning "Siti" bilan shartnomasi 5 yilga mo‘ljallangani, uning maoshi esa haftasiga 500 ming funt bo‘lishi xabar qilingandi.

Agar transfer amalga oshsa, Xoland APLning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi va haftasiga 385 ming maosh oladigan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyneni ortda qoldiradi.

Daily Mail nashrining yozishicha, "shaharliklar" Xoland uchun 63 million funt sterling (76 million yevro) to‘laydilar va agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, transfer yaqin haftalarda yakunlanadi.

Kiritildi: 19:49, 19.04.2022.
O'qildi: 1924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик