Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Pike RFEF va Saudiya Arabistoni o‘rtasida vositachilik qilganini tan oldi

Pike RFEF va Saudiya Arabistoni o‘rtasida vositachilik qilganini tan oldi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike o‘z kompaniyasi orqali Ispaniya Superkubogini Saudiya Arabistonida o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarda qatnashgani va undan ulush olishini tan oldi.

Avvalroq Pikega tegishli bo‘lgan "Kosmos" kompaniyasi Ispaniya futbol federasiyasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasida Ispaniya Superkubogini Saudiya Arabistonida o‘tkazish bo‘yicha vositachilik qilgani uchun qo‘shimcha 24 million yevro undirgani xabar qilingandi.

"Biz qilayotgan hamma narsa qonuniy. Bu manfaatlar to‘qnashuvidagi rolimni oshkor qilaman va yuzimni ko‘rsatmoqchiman, chunki yashiradigan hech narsam yo‘q. "Kosmos" bilan qilayotgan ishlarimizdan faxrlanaman.

Biz musobaqa formatini o‘zgartirib, tomoshabin uchun qiziqarliroq bo‘lishini maqsad qilgandik. Bu daromadga ham ta’sir qiladi. Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) prezidenti Luis Rubialesga bu g‘oya juda yoqdi. Saudiya Arabistoni yagona variant emasdi. Biz AQSH, Qatar variantlarini ham ko‘rib chiqqandik, ammo yakunda Saudiya Arabistoni nomzodida to‘xtaldik.

Ulush — bugungi dunyo uchun odatiy hol. U 10-15 foiz orasida o‘zgarib turadi va ushbu miqdordagi pulni kelishuvga yordam bergan agentlikka berish adolatli bo‘ladi deb o‘yladik. Komissiya bozor talablariga mos keladi.

Men RFEF’ga shunday imkoniyat taqdim etdim. Format o‘zgarishidan oldin ular musobaqadan 120 ming yevro daromad topardi, endi esa 40 million.

E’lon qilingan audioyozuvlarga kelsak, ular kontekstdan qirqib olingan. Men shunchaki prezidentga ish formulasini topishga yordam beryapman.

Tijoriy kelishuvlarni butun umr shug‘ullanib kelgan faoliyatim — futboldan ajratishni bilaman. Hech qachon yordam olmadim. Agar siz adolatli savdo bitimi raqobatga ta’sir qiladi, demoqchi bo‘lsangiz, unda siz mening kimligimni bilmaysiz.

Bir hafta oldin menga El Confidencial’dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va shunday material tayyorlanayotgani xabar qilindi. Bunga ahamiyat bermayman, deb javob berdim. Chunki yashiradigan narsam yo‘q.

Bu sizdirilgan ma’lumotlar ortida kim turganini tushunish uchun juda aqlli bo‘lish shart emas. Jurnalistlarda savol bo‘lsa, ularga javob berishga tayyorman. Bu mening shaxsiy ishim emas, kompaniyaning ishi ekanligini ta’kidlamoqchiman. Kompaniya uzoq vaqtdan buyon shunday ishlar bilan shug‘ullanadi. Boshqa kompaniyalar bilan ham operasiyalar amalga oshiriladi. Bu nega endi nashr qilinyapti? Buni tekshirib ko‘ring, axir siz jurnalistsiz.

Shuni ma’lum qilamanki, komissiya pulini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Saudiya Arabistoni hukumatidan olamiz. RFEF’dan esa hech qanday holatda hech nima olmaymiz. Jami 4 million yevro (kelishuvda ko‘rsatilgan 40 million yevroning 10 foizi). RFEF bilan hech qanday tijoriy kelishuvim yo‘q", — dedi Jerar Pike.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:36, 19.04.2022.
O'qildi: 1833 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик