APLning 30-tur doirasida bo‘lib o‘tayotgan "Liverpul" - "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda kiritilgan ikkinchi golga Muhammad Saloh muallif qildi.
Shu tariqa, misrlik futbolchi o‘zining "golsiz seriyasi"ga barham berdi. Saloh so‘nggi golini 12 mart kuni APLning 29-turi doirasida «Brayton» jamoasiga qarshi o‘yinda gol urgandi. Shundan so‘ng u klub va terma jamoa tarkibida o‘tkazilgan 8 ta o‘yinda gol ura olmayotgandi.