Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Baxtiyor Ashurmatov: "Avvallari klublarimiz OCHLda yarim finalga qadar borishardi, hozir guruhdan chiqishning o‘zi muammoga aylangan"

Baxtiyor Ashurmatov: "Avvallari klublarimiz OCHLda yarim finalga qadar borishardi, hozir guruhdan chiqishning o‘zi muammoga aylangan"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" (4:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Aytib o‘tgandim, guruhdagi birinchi o‘rin masalasini aniq qilib ulgurmaganimiz tufayli bugungi o‘yinda ham faqat g‘alaba uchun maydonga chiqdik. "Mash’al" yaxshi shakllangan jamoa, bu klubda kuchli murabbiylar shtabi jam bo‘lgan. Birinchi bo‘limda jamoamiz ko‘zni quvnatadigan darajada o‘yin namoyish etib berishdi. Yigitlar uchrashuv avvalida aytilgan barcha ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Ikkinchi bo‘lim bo‘yicha ayrim futbolchilarga e’tiroz bor. Bu borada ular bilan gaplashib olamiz. Futbolchi maydonda 90 daqiqa bor kuchini berib o‘ynashi kerak. Futbolni va stadionga tashrif buyurgan muxlislarni hurmat qilishi lozim. Natija balki ularning o‘yinini sustlashtirgan bo‘lishi mumkin. AGMK bilan o‘yindan avval ayrim futbolchilarga dam olish imkonini berish uchun zaxiralarga qo‘l urdik.

- Savol bugungi o‘yinga taaluqli emas. Lekin o‘zbek klublarining OCHL musobaqalarida muvaffaqiyatsiz ishtiroki yuzasidan qanday fikrlaringiz bor?

- Men murabbiy sifatida o‘z fikrlarimni bildirib o‘tishim mumkin. "Nasaf" yoki "Paxtakor"ni tanqid qilish fikridan yiroqman. Chunki bu jamoalarda kuchli murabbiylar ish olib borishadi. "Nasaf" o‘z o‘yinlari bilan yaxshi taasurot qoldirmoqda. Keyingi o‘yinlarda vakillarimizga omad tilab qolamiz. "Nasaf" va "Paxtakor" O‘zbekiston nomidan OCHL musobaqalarida ishtirok etishmoqda, ular bizning yuzimiz. Bu juda ko‘plab gapirilgan mavzular, bolalar va yoshlar futboliga e’tibor qaratish borasida muntazam aytib kelinadi. Bu yo‘nalishlarda hozirda yaxshi ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yaqin kelajakda o‘z mevasini berishiga ishonaman. Avvallari klublarimiz yarim finalga qadar yetib borishardi, hozir guruhdan chiqishning o‘zi muammoga aylanib qolmoqda. Bu vaqtinchalik xolat deb o‘ylayman. "Paxtakor" yaxshi jamoa, balki ular legioner tanlashda adashgan bo‘lishlari mumkin. Larin va Xadjiyev bir xil o‘yin namoyish etib bera olishmayapti. Jamoaning asosiy muammosi himoya chizig‘ida ekani ko‘rinib turibdi. Bu juda chuqur mavzu, hozir amalga oshirlayotgan ishlar kelajakda o‘z mevasini berishi kerak." - dedi Ashurmatov.

Manba: "Машъал" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:23, 20.04.2022.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.