Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Gari Nevill «Manchester Yunayted» futbolchilarini yana keskin tanqid qildi

Gari Nevill «Manchester Yunayted» futbolchilarini yana keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Gari Nevill futbolchilardagi muammolar haqida gapirdi.

"O‘yinchilar o‘zlariga bo‘lgan ishonchni to‘la yo‘qotib bo‘lishdi. Ular hozirda «Manchester Yunayted» uchun to‘p tepishni istashmayapti. Ular klub safida o‘ynashni istashmaydi, demoqchi emasman, ular futbol o‘ynashni xohlashmayapti. Ular shunchaki mavsum yakunlanishini kutishmoqda.

Futbolchilar mashg‘ulot o‘tkazishayotganida, maydonga chiqishganida va o‘ynayotganlarida bu narsa ularning ko‘zlaridan ma’lum bo‘lib turibdi. Bu o‘yinlar o‘tkazilishini shunchaki istashmoqda. Ammo buni "MYU"da yashirishning imkoni yo‘q. Shanba kuni jamoani "Arsenal", payshanba kuni esa "Chelsi"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Barcha e’tibor futbolchilarga qaratiladi, ular uyg‘onishlari, o‘zlarida nimadir topa olishlari kerak.

Ehtiyot bo‘lib gapirishni istardim, ammo klubda hozir ro‘y berayotgan voqealar — mag‘lubiyatlar, tanqidlar, fanatlarning hushtakbozligi ba’zi futbolchilarni ruhan sindirib, buning ta’siri uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Ten Xag ularni qayta tiklay olish masalasini hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Ularning ayrimlari tiklana olmaydi. Ha, bu shunchalar yomon.

Turli yo‘nalishlarda katta ishlar qilish kerak. Avvalo murabbiy kimni jamoada olib qolish masalasini hal qilib olishi kerak. Shundan keyin kimni taklif qilishni o‘ylab ko‘radi. Shundan keyingina jamoadagi ruhiyat o‘sa boshlaydi", – dedi Nevill "Sky Sports"ga bergan intervyusida.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 08:17, 22.04.2022.
O'qildi: 4510 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.