Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Diyor Imomxo‘jayev bolalar futbolida sifatni oshirish borasida O‘FAni tanqid qildi

Diyor Imomxo‘jayev bolalar futbolida sifatni oshirish borasida O‘FAni tanqid qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev yurtimizda bolalar futbolida sifatni oshirish borasida O‘FAni tanqid qildi.

"O‘zbekistonda bolalar futbolida sifatni oshirishni chindan ham istasak asosiy haqiqat shunday: futbol vazirliklar tomonidan emas, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan o‘rganilishi, tahlil qilinishi hamda boshqarilishi kerak.

Vazirlikning vazifasi bunda O‘zbekiston futbol assosiasiyasini moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlash hamda FIFA talablari asosida moddiy-texnik bazani shakllantirishga ko‘mak berish.

Vazirlikda futbol tahlilchilari yo‘q va kadrlar FIFA talablari bilan tanish emas. Futboli rivojlangan har qanday mamlakatda futbol aynan assosiasiyalar tomonidan tartibga solinadi. Shundan kelib chiqib, FIFA ham O‘zbekistonda faqatgina bitta tashkilotni — O‘zbekiston futbol assosiasiyasini tan oladi.

Afsuski, oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, mazkur masala to‘la tartibga solinmayapti. Qachonki futbolni rivojlantirish istagi manfaatlar to‘qnashuvidan ustun kelsa, shunda biror ijobiy o‘zgarishdan umid qilish mumkin."

P.S. Jonli efirda taniqli sharhlovchi Mirzahakim aka bilan tortishib qolganimizda ham aynan shu masala yotadi (afsuski, odamlar ba’zida fikr yoki g‘oyalar qolib, shaxslarni muhokama qilishga o‘tib ketadi). Biz farqli ravishda bu temani ipidan ignasiga qadar bilamiz. Muammolar aynan nimalarda ekanini ham ko‘rsatib bera olamiz. Ishonamanki, qachondir tizimli muammolarni ham to‘g‘rilaymiz. Faqat vaqt kerak. Rostmanasiga oson bo‘lmayapti." - deyiladi Diyor Imomxo‘jayevning telegram-kanalida yozilgan postda.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev/3675
Kiritildi: 03:03, 23.04.2022.
O'qildi: 1890 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик