Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa 1-0 Parma
12/01 18:00 Las-Palmas 1-2 Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya 0-1 Inter
12/01 20:15 Atletiko 1-0 Osasuna
12/01 22:00 Bolonya 2-2 Roma
13/01 00:45 Napoli 2-0 Verona
14/01 00:45 Monsa - Fiorentina
14/01 01:00 Real Sosyedad - Vilyarreal
14/01 22:30 Komo - Milan

Super shanba – super tur! Bugungi muhim uchrashuvlar haqida qiziq ma’lumotlarni biling oling

Super shanba – super tur! Bugungi muhim uchrashuvlar haqida qiziq ma’lumotlarni biling oling

Baho:
+ | -

APL: "Arsenal" - "MYU"

"Manchester Yunayted"ning dunyo bo‘ylab millionlab muxlislari bugungi klassik bahsda g‘alabaga umid qilmoqda. Ha, jamoaning ahvoli ancha og‘ir. Ammo yaqindagina Erik ten Xagning olib kelingani e’lon qilingach, muxlislarda qaytadan ilhom to‘lqini paydo bo‘ldi.
"MYU" APLdagi so‘nggi 4 ta o‘yinidan 1 tasini yutgan, xolos. Ushbu g‘alaba esa "Norvich"ga qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan edi. So‘nggi o‘yindan esa hammaning xabari bor: "Liverpul" maydonida sharmandali mag‘lubiyatga uchraldi. Shu sabab, bugun jamoadan faqat g‘alaba qozonishi talab etiladi.
"Arsenal" o‘tgan turda "Brayton", "Kristal" Pelas" hamda "Sautgempton"ga qarshi ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin "Chelsi" maydonida g‘alabaga erishdi. 2-4 hisobidagi g‘alaba, jamoaga YECHL yo‘llanmasi uchun qaytadan umid berdi. "Chelsi" maydonida Saka hamda Smit-Rou yana katta maydonga chiqdi. Agarda bugungi bahsda ham to‘pchilarning qo‘li baland kelsa, u holda, bu narsa "Tottenxem"ga katta bosim yuklaydi. Mikel Artetaning yosh jamoasida qanday rejalar borligini tez orada bilib olamiz.

A seriya: "Inter" - "Roma"

"Nerazzuri"lar bu mavsumda ham A seriya unvonini munosib himoya qilishga qattiq intilmoqda. Agarda bugun poytaxtliklar mag‘lub etilsa, u holda "Inter" o‘z hamshahar jamoasi, "Milan"dan o‘tib ketadi va jadval yetakchisiga aylanadi. Ushbu juftlikning so‘nggi 10 ta o‘yiniga e’tibor bersangiz, "Inter"ning mag‘lub bo‘lmaganiga guvoh bo‘lasiz. Shuningdek, ular barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 10 ta o‘yindan beri mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda.
Jamo hujumchisi Lautaro Martines Italiya kubogi yarim finalida "Milan"ga qarshi dubl qayd etgandi. U bu orqali so‘nggi 2 ta o‘yinda jami 4 ta golda bevosita ishtirok etishga ulgurdi. Bugun esa argentinalikning nigohi "Roma"ga qaratiladi.

APL: "Brentford" - "Tottenxem"

"Tottenxem" ayni damda YECHL yo‘llanmasini taqdim etuvchi 4 o‘rinni egallab turganidan xabaringiz bor. Bugun ular "arilar" maydoniga safar qiladi. "Brentford"ning APLdagi ilk mavsumi esa yomon kechmayapti. To‘g‘ri, jamoa qishda, yanvar-fevral oylari davomida inqirozga duch kelgandi. O‘shanda ular 8 ta bahsning 7 tasini boy bergan. Ammo hozirgi jamoaning holati ancha yaxshi. Xususan, Tomas Frank shogirdlari so‘nggi 5 ta bahsning 4 tasini g‘alaba bilan yakunlagan. Ular ichida "Chelsi"ga qarshi 4-1 hisobidagi mehmondagi g‘alaba ham mavjud.
"Shporlar"ning bu boradagi ko‘rsatkichlari undan ham yaxshiroq. Antonio Konte so‘nggi 11 ta liga bahsining 8 tasini g‘alaba bilan tugatdi. Bu davr mobaynida esa jami 28 ta gol urishga erishildi. Ammo so‘nggi turda "Brayton"ga uchralgan kichik hisobdagi mag‘lubiyat barchasini o‘zgartirdi. Ayni damda "Tottenxem" hamda "Arsenal" 32 ta turdan keyin bir xil, 57 ochkodan jamg‘arib, 4 va 5 o‘rinlarni band etib turibdi. Shu jihatdan ushbu bahs "shporlar" uchun juda muhim. "Arilar"ga esa APLda qolish masalasini hal qilish uchun g‘alaba kerak.

Bundesliga: "Bavariya" - "Borussiya Dortmund"

"Der Klassiker" doimo Bundesliganing eng muhim va mafunkor hodisalaridan biri bo‘lib kelgan. Aynan bugun "Bavariya" o‘zining eski va ashaddiy raqibiga qarshi g‘alaba qilish orqali mamlakat chempionligini hal etish imkoniga ega bo‘ladi. Myunxenliklarni ayni damda ikkinchi o‘rin bilan 9 ochko ajratib turibdi va bugungi ehtimoliy uch ochko, jamoani matematik jihatdan chempionga aylantiradi. Bu esa "Bavariya"ning ketma-ket 10 bor ushbu titulni olishiga zamin yaratadi. Xususan, "Bavariya" so‘nggi beshta o‘yinda "BVB"ga qarshi 3 ta va undan ko‘p gol urib kelmoqda. Bugungi o‘yin esa mavsumga yoki "Borussiya Dortmund"ning tragedik statistikasiga mantiqiy yakun yasashi mumkin. Robert Levandovskida esa sobiq jamoasiga gol urish uchun juda qulay imkoniyat mavjud. Ayni damda polshalik hujumchi 30 o‘yinda 32 ta golga mualliflik qilib turibdi.

Liga 1: "PSJ" - "Lans"

Bu yerda ham Bundesligaga o‘xshash holat kuzatilmoqda. Maurisio Pochettinoning yigitlari bugun "Lans" ustidan g‘alaba qozonsa, u holda chempionlikka rasman ega chiqadi. Shunga qaramay, Pochettinoning klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolgan. Bunga asosiy sabab esa jamoaning YECHLdan juda erta chiqib ketganidir. Bu voqea rahbariyat va muxlislarda kuchli norozilik uyg‘otgan edi. Klubning "tirik yulduz"laridan biri Kilian Mbappe mavsum davomida 22 ta gol hamda 14 ta assistga mualliflik qildi. Bugun esa unda bu ko‘rsatkichlarni oshirib olish uchun yaxshi imkoniyat mavjud bo‘ladi. 23 yoshli futbolchi jamoasini yana bir bor Fransiya chempioni bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Xullas, bugun – katta futbol bayrami. Shunday ekan, televizor qarshisida mahkamroq joylashishni unutmang. Zero, bu kecha sizni aslo zeriktirmaydi!

 

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

 

Manba: futaa.com
Kiritildi: 13:13, 23.04.2022.
O'qildi: 3186 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.