Gari Lineker kecha Premyer-ligadagi 100-golini urgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
«Ajoyib o‘yin! Krishtianu Ronaldu uchun Premyer-ligadagi 100 ta gol, bu shunchaki qoyilmaqom.
U va uning oilasi uchun bunday fojiali haftaning oxirida bunday belgiga erishish bu odamning aqli kuchliligi va chidamliligini bildiradi. U ajoyib futbolchi», - deb yozdi Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi.
18 aprel kuni portugaliyalik yangi tug‘ilgan o‘g‘li vafot etgani haqida xabar bergan edi.